قَالَ قَآئِلٌ مِّنْهُمْ لَا تَقْتُلُوا۟ يُوسُفَ وَأَلْقُوهُ فِى غَيَـٰبَتِ ٱلْجُبِّ يَلْتَقِطْهُ بَعْضُ ٱلسَّيَّارَةِ إِن كُنتُمْ فَـٰعِلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan bir so`zlovchi: «Yusufni o`ldirmanglar. Agar biron ish qilmoqchi bo`lsangiz, uni quduqning qa'riga tashlanglar, ba'zi yo`lovchilar olib ketadi», dedi.Улардан бир сўзловчи: «Юсуфни ўлдирманглар. Агар бирон иш қилмоқчи бўлсангиз, уни қудуқнинг қаърига ташланглар, баъзи йўловчилар олиб кетади», деди.Alauddin Mansour: (Shunda) ulardan bir soʻzlaguvchi dedi: «Yusufni oʻldirmanglar, balki agar (undan qutulish uchun) biron ish qilmoqchi boʻlsangizlar, uni quduq qaʼriga tashlab yuboringlar, yoʻlovchi karvonlar olib ketsin».(Шунда) улардан бир сўзлагувчи деди: «Юсуфни ўлдирманглар, балки агар (ундан қутулиш учун) бирон иш қилмоқчи бўлсангизлар, уни қудуқ қаърига ташлаб юборинглар, йўловчи карвонлар олиб кетсин».
Ana oʻshanda Yusufdan qutulasizlar, otangizning yuzi sizga xoli qoladi. Gapning maʼnosidan, soʻzlovchi bu ishga qoʻshilmoqchi emasu, lekin koʻpchilikning raʼyiga qarshi chiqa olmayotganga oʻxshaydi. Avvalo, ularni Yusufni oʻldirishdan qaytarishi, qolaversa, «agar biron ish qiladigan boʻlsak», demasdan,
«biron ish qiladigan boʻlsangiz», deyishi ham uning kimligini koʻrsatib turibdi.
Akalar gapni bir joyga qoʻyib, rejani amalga oshirish uchun harakatga tushdilar. Borib, otalarini avray boshladilar.