QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят9

ٱقْتُلُوا۟ يُوسُفَ أَوِ ٱطْرَحُوهُ أَرْضًا يَخْلُ لَكُمْ وَجْهُ أَبِيكُمْ وَتَكُونُوا۟ مِنۢ بَعْدِهِۦ قَوْمًا صَـٰلِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yusufni o`ldiringlar yoki uzoq yerga olib borib tashlanglar, shunda otangizning yuzi sizga xoli qoladi. Bundan keyin solih qavmdan bo`lib olasizlar», – dedilar.Юсуфни ўлдиринглар ёки узоқ ерга олиб бориб ташланглар, шунда отангизнинг юзи сизга холи қолади. Бундан кейин солиҳ қавмдан бўлиб оласизлар», – дедилар.Alauddin Mansour: Yusufni oʻldiringlar, yoki biron yerga olib borib tashlanglar, (shundagina) otalaringiz faqat sizlarga boqar. Keyin esa (tavba-tazarru qilib) yaxshi qavm boʻlib olursizlar».Юсуфни ўлдиринглар, ёки бирон ерга олиб бориб ташланглар, (шундагина) оталарингиз фақат сизларга боқар. Кейин эса (тавба-тазарру қилиб) яхши қавм бўлиб олурсизлар».

236-sahifa · 12-juz · 24-hizb236-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱقْتُلُوا۟oʻldiringlarўлдирингларيُوسُفَYusufniЮсуфниأَوِyokiёкиٱطْرَحُوهُuni olib borib tashlanglarуни олиб бориб ташлангларأَرْضًۭاuzoq yergaузоқ ергаيَخْلُxoli qoladiхоли қоладиلَكُمْsizgaсизгаوَجْهُyuziюзиأَبِيكُمْotangizningотангизнингوَتَكُونُوا۟va boʻlib olasizlarва бўлиб оласизларمِنۢ-dan-данبَعْدِهِۦbundan keyinбундан кейинقَوْمًۭاqavmdanқавмданصَـٰلِحِينَsolihсолиҳ
TafsirТафсир

Bu ularning oʻzaro maslahatlari edi. Ular, nima qilib boʻlsa ham, Yusufni yoʻqotib, otalari faqat oʻzlariga eʼtibor berishi uchun harakatga tushib qoldilar. Shayton vasvasaga solganda shunday boʻladi. Har qanday gunohni ham tap tortmay qilaverishga chorlaydi. Shu ishni qilmasang boʻlmas, qilaver, hech gap boʻlmaydi, juda boʻlmasa, tavba-tazarru qilib, yana ahli solihlardan boʻlib olaverasan, deb qiziqtiradi. Aslida esa, tavba bunaqa boʻlmaydi. Tavba–bilmasdan, johillik bilan sodir etgan gunohiga nadomat chekish va Allohdan kechirishni oʻtinib soʻrash hamda bu gunohdan toʻla chekinib, zinhor unga boshqa qaytmaslikdir. Ammo, oʻtirib olib, maslahatlashib, ishning gunohligini bilib turib, keyin tavba etsam, yana ahli solihlardan boʻlib qolaveraman, deyish, masiyhiylarda boʻlgani kabi, cherkovga borib, kelajakda bir gunoh ish qilmoqchi ekanini eʼtirof etib, oʻsha gunohni yuvish uchun pul toʻlab, «magʻfirat chiptasi» sotib olishning bir turi, xolos. Yusufning akalari ham shayton vasvasasiga uchib, xuddi shunga oʻxshash amal qilmoqchi boʻlishdi.

Lekin ichlaridan qaysi biriningdir vijdoni bu qabihlikni koʻtara olmadi. Mashʼum fikr unga ogʻir keldi, shuning uchun, gunohdan uzoqroq bir taklif kiritib: