إِذْ قَالُوا۟ لَيُوسُفُ وَأَخُوهُ أَحَبُّ إِلَىٰٓ أَبِينَا مِنَّا وَنَحْنُ عُصْبَةٌ إِنَّ أَبَانَا لَفِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda ular: «Albatta, Yusuf va uning ukasi otamizga bizdan ko`ra mahbubroqlar, holbuki, biz ko`pchilikmiz. Albatta, otamiz ochiq-oydin adashuvdadir.Ўшанда улар: «Албатта, Юсуф ва унинг укаси отамизга биздан кўра маҳбуброқлар, ҳолбуки, биз кўпчиликмиз. Албатта, отамиз очиқ-ойдин адашувдадир.Alauddin Mansour: Oʻshanda ular (Yusufning oʻgay ogʻalari) aytgan edilar: «Garchi biz bir jamoat (yaʼni, koʻpchilik) boʻlsak-da, shak-shubhasiz, Yusuf va uning (tugʻishgan) birodari (Binyamin) otamizga bizdan koʻra suyukliroqdir. Darhaqiqat, otamiz ochiq zalolatdadir.Ўшанда улар (Юсуфнинг ўгай оғалари) айтган эдилар: «Гарчи биз бир жамоат (яъни, кўпчилик) бўлсак-да, шак-шубҳасиз, Юсуф ва унинг (туғишган) биродари (Бинямин) отамизга биздан кўра суюклироқдир. Дарҳақиқат, отамиз очиқ залолатдадир.
Yaʼni, Yusufning akalari (ular oʻn kishi boʻlib, onalari boshqa edi), otamiz bizdan koʻra ukamiz Yusuf va uning ota-ona bir, tugʻishgan ukasi ikkovini yaxshi koʻradi, aslida, ulardan koʻra bizga koʻproq eʼtibor berishi kerak edi, otamiz bu ishda adashmoqda, dedilar. Yusuf va uning ukasiga rashk qilib, Allohning Paygʻambari boʻlmish otalari Yaʼqub alayhissalomga tuhmat qildilar, u zotga zalolatni munosib koʻrdilar. Oʻzaro shivir-shivir shu darajaga borib yetib, otalarini adashuvda, adashuv boʻlganda ham, ochiq-oydin adashuvda, deb hukm chiqardilar. Soʻngra, yanada kattaroq ishga jurʼat qildilar: