QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят111

لَقَدْ كَانَ فِى قَصَصِهِمْ عِبْرَةٌ لِّأُو۟لِى ٱلْأَلْبَـٰبِ ۗ مَا كَانَ حَدِيثًا يُفْتَرَىٰ وَلَـٰكِن تَصْدِيقَ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ كُلِّ شَىْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bor edi. Bu (Qur'on) to`qima gap emas, lekin o`zidan oldin kelganning tasdig`i va barcha narsaning tafsiloti, hidoyat hamda iymon keltirganlar uchun rahmatdir.Батаҳқиқ, уларнинг қиссаларида ақл эгалари учун ибрат бор эди. Бу (Қуръон) тўқима гап эмас, лекин ўзидан олдин келганнинг тасдиғи ва барча нарсанинг тафсилоти, ҳидоят ҳамда иймон келтирганлар учун раҳматдир.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bordir. (Ushbu Qurʼon) toʻqib chiqariladigan soʻz emas, balki oʻzidan avvalgi narsalarni (yaʼni, samoviy kitoblarni) tasdiq etuvchi, unga iymon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni mufassal bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat (boʻlgan bir Kitobdir).Дарҳақиқат, уларнинг қиссаларида ақл эгалари учун ибрат бордир. (Ушбу Қуръон) тўқиб чиқариладиган сўз эмас, балки ўзидан аввалги нарсаларни (яъни, самовий китобларни) тасдиқ этувчи, унга иймон келтирадиган қавм учун барча нарсаларни муфассал баён қилиб берувчи ҳидоят ва раҳмат (бўлган бир Китобдир).

248-sahifa · 13-juz · 25-hizb248-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَقَدْbatahqiqбатаҳқиқكَانَbor ediбор эдиفِى-da-даقَصَصِهِمْularning qissalariуларнинг қиссалариعِبْرَةٌۭibratибратلِّأُو۟لِىegalari uchunэгалари учунٱلْأَلْبَـٰبِ ۗaqlақлمَاemasэмасكَانَu ediу эдиحَدِيثًۭاgapгапيُفْتَرَىٰtoʻqiladiganтўқиладиганوَلَـٰكِنlekinлекинتَصْدِيقَtasdiqlashтасдиқлашٱلَّذِىoʻsha narsaniўша нарсаниبَيْنَoʻzidan oldinўзидан олдинيَدَيْهِkelganniкелганниوَتَفْصِيلَva batafsil qilishва батафсил қилишكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsaniнарсаниوَهُدًۭىva hidoyatва ҳидоятوَرَحْمَةًۭva rahmatdirва раҳматдирلِّقَوْمٍۢqavm uchunқавм учунيُؤْمِنُونَiymon keltiradiganиймон келтирадиган
TafsirТафсир

Ha, oʻtgan ummatlarning, jumladan Yusuf alayhissalom va zamondoshlarining qissalarida ham aql ishlatgan har bir kishi uchun ibrat bor.

Ha, bu Qurʼon va uning qissalari toʻqima, uydirma emas, balki oldingi ilohiy kitoblarda kelgan narsalarning tasdigʻidir. Odatda, yolgʻon, toʻqima gap bir-birini tasdiqlay olmaydi. Birpasda oʻrtada xilof chiqib, siri fosh boʻlib qoladi.

Shuningdek, Qurʼon har bir narsani mufassal bayon qiluvchidir. Agar toʻqilgan va uydirma boʻlganida bunday boʻla olmas edi.

Yana, Qurʼon va uning qissalari hidoyatdan iboratdir, yolgʻon va uydirma hech qachon hidoyat boʻlgan emas, boʻla olmaydi ham.

Qurʼon iymon keltirganlarga rahmatdir. Yolgʻon va uydirma hech kimga rahmat boʻlgan emas, boʻlmaydi ham.

Shunday qilib, avvalidan oxirigacha bitta qissadan iborat boʻlgan «Yusuf» surasi Qurʼon qissalari aql egalari uchun ibrat ekanligi haqidagi oyat bilan tamom boʻldi.

Shu bilan ushbu surai karimaning tafsiri ham tugadi. Ammo bu surani oʻrganish jarayonida hosil boʻlgan fikrlar tugamaydi. Xususan, qissalarni ichiga olgan surai shariflarni oʻrganish jarayonida ulardan keladigan foydalar, koʻzlangan maqsadlar va boshqalar haqida maqomiga qarab soʻz yuritilgan edi.

Ushbu «Yusuf» surasini oʻrganish jarayonida yana yangi fikrlar paydo boʻldi. Jumladan, Qurʼon qissalarini tafsir qilishda asl maqsaddan uzoqlashish, keraksiz narsalarga eʼtiborni tortish, turli tafsilotlarga kirishib ketish Qurʼon qissalari ravnaqini buzishi ayon boʻldi. Shuning uchun ham, boshidan-oxirigacha bir qissa–Yusuf alay- hissalom qissasidan iborat boʻlgan bu sura tafsirida mazkur tafsilotlarni keltirmay, oxirida alohida bahs sifatida keltirmoqdamiz.

Avvalo, qissalardagi turli keraksiz tafsilotlarga berilib ketishga sabab Qurʼondagi qissalardan koʻzlangan maqsadni anglamaslik, ulardan uzoqlashish boʻlsa kerak, degan fikrdamiz.

Holbuki, ulamolarimiz Qurʼoni Karimdagi qissalardan koʻzlangan maqsadlarni ochiq-oydin bayon qilganlar. Ular, jumladan, quyidagilardan iborat:

1. Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning Paygʻambari va Qurʼoni Karim ilohiy kitob ekanligini isbot qilish.

Oʻqimagan, yozmagan Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻtmishdagi qissalarni oʻzlaricha bunday aniqlik bilan keltira olishlari mumkin emas. Faqat Alloh vahiy orqali aytib berishi mumkin, xolos.

2. Oʻtgan Paygʻambarlar va ularning ummatlari haqida hikoya qilish ila Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u kishining ummatlari qalbiga sobitlik solish va ularga tasalli berish.

3. Kishilarni iymon-Islom yoʻliga targʻib qilish, qiziqtirish.

4. Oxir-oqibatda Alloh Paygʻambarlarga va moʻminlarga nusrat berib, kofir va zolimlarni halok qilishini bayon etish.

5. Turli ummat va xalqlarning muvaffaqiyati yoki halokati sabablarini oʻrgatish.

6. Paygʻambarlar kishilarni yaxshilikka daʼvat qilib kelganlarini bayon qilish.

7. Iymon-Islom yoʻli baxt-saodat yoʻli ekanini, kufr va zulm yoʻli halokat yoʻli ekanini anglatish.

Demak, Qurʼoni Karimni oʻqigan, oʻrgangan yoki uni birovga oʻrgatishga uringan odam qissalardagi mazkur maʼnolarga alohida eʼtibor bermogʻi lozim. Undan boshqa maʼnolarni topishga urinish esa, asl maqsaddan uzoqlashishdir.

Ming afsuski, eski tafsirlarimizning koʻpida xuddi shu asl maqsaddan uzoqlashishga harakat qilinganini koʻramiz. Bunga «Yusuf» surasi tafsirida ham duch keldik.

Odatda, Qurʼoni Karim shaxs, makon va vaqtlarni tayin qilmaydi. Yaʼni, qissalarda bu narsalar muhim emas. «Yusuf» surasida ham shaxs ismlaridan Yaʼqub, Yusuf, makonotlaridan Misr zikr etilgan, xolos. Boshqa shaxslar esa, «ukasi», «Aziz», «Azizning xotini», «podshoh» kabi soʻzlar bilan ifoda etilgan. Lekin eski tafsirlarimizda bularning hammasiga nom qoʻyib chiqilgan. Misol uchun, Aziz, yaʼni bosh vazirning ismi «Kitfir ibn Ruhayb» yoki «Litfir» deyilgan. Uning xotinining ismini «Roʼil» yoki «Zulayho», Misr podshohining ismini esa «Rayyon ibn al- Valid» deyishgan. Tabiiyki, ismning ikki xil aytilishi ham maʼlumot aniq emasligiga dalolat qiladi. Buning ustiga, har bir ismni keltirgan odam oʻz fikrini quvvatlab, oʻzgani tanqid ham qiladi. Lekin hech kim Misrda Yusuf alayhissalomning davrlarida arabcha ismlar boʻlganmi, deb oʻylab koʻrmaydi? Ehtimol, qadimgi ulamolarimiz oʻz zamonlari voqeligidan kelib chiqib, Qurʼonda zikr qilingan har bir narsani aniqlab qoʻyishga harakat qilgandirlar. Ammo, agar u nom va ismlarning aniq boʻlishi din uchun biron foyda keltiradigan boʻlsa, Allohning Oʻzi zikr qilgan boʻlar edi.

Boshqa mulohazalardan biri, Qurʼoni Karimda zikr qilingan voqealarni isroiliyot (Bani Isroil toʻqigan qissalar) bilan toʻldirishga urinishdir. Birgina misol keltiramiz. Qurʼoni Karimda Azizning xotini va Yusuf alayhissalom oʻrtasidagi mojaro kerakligicha bayon qilinib, u zot alayhissalomning pokligini aytib, ayol oʻz aybini boʻyniga olishi bilan nihoyasiga yetadi. Ammo eski tafsirlarimizda aytilishicha, ismi Zulayho deb daʼvo qilingan bu ayolga Yusuf alayhissalomni uylantiradilar. Ayol shuncha yil eri bilan yashasa ham, bokira holida turganligi zikr qilinadi. Baʼzilarida esa, Alloh unga yoshligi va bakoratini qaytarib bergani ham aytiladi. Agar bunaqa qoʻshimcha tafsilotlarda biror foyda boʻlsa, Allohning Oʻzi aytmasmidi?!

Yana bir mulohaza: baʼzi tafsirlarda qissadagi maʼnolarni atroflicha tushunish uchun Qurʼoni Karimning oʻziga yoki Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan vorid boʻlgan rivoyatlarga emas, boshqa masdarlarga suyanilgan.

Bu borada Yusuf alayhissalomning husni jamollari haqidagi vasfbayonlarni keltirish mumkin. Holbuki, Qurʼoni Karimdagi vasf hammasidan oʻtadi. Misrning menman degan zodagon ayollari Yusuf alayhissalomni bir koʻrishlaridayoq oʻzlarini yoʻqotib, hushlari boshidan uchib, beixtiyor qoʻllarini kesishlari va «Bu bashar emas, karamli farishtadir!» deyishlari kifoya emasmi? Yoki Yusuf alayhissalomga borliq husnining yarmi berilgani haqida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan sahih hadis kifoya emasmi?

Yana bir misol. Yusuf alayhissalomning inisining yuki ichidan suv idishi chiqqanda akalarining: «Bu oʻgʻrilik qilgan boʻlsa, bundan oldin akasi ham oʻgʻrilik qilgan edi», degan gaplarini isbotlash maqsadida turli rivoyatlar keltiriladi. Ularning baʼzilarida Yusuf alayhissalom kichkinalik vaqtida bir butni bobosidan (onasining otasidan) oʻgʻirlab sindirgan edi, deyiladi. Boshqalari esa, boshqacha rivoyatni keltiradilar. Hammalari ham Yusuf alayhissalomdek odam oʻgʻrilik qilishi mumkin emasligini yaxshi bilganlaridan rivoyatlarda u kishini, «haqiqiy oʻgʻri emas» deya taʼriflaydilar. Ammo Yusufni quduqqa tashlab, otalariga «uni boʻri yeb ketdi» deb yolgʻon gapirgan akalar yana bir bor yolgʻon gapirishlari mumkinligi hech kimning xayoliga kelmaydi. Bunga oʻxshash uzundan- uzoq tortishuv va rivoyat surishlar Yusuf alayhissalomga ota-onalari va birodarlarining sajda qilishlari haqida, Yusuf alayhissalom agar Robbining burhonini koʻrmaganida ayolga moyil boʻlib qolishlari mumkinligi toʻgʻrisida va boshqa mavzularda ham anchagina bor. Bularning hammasi, avvalda aytganimizdek, fikrni asosiy maqsaddan boshqa tomonga buradi, xolos.

Endi «Yusuf» surasining bosh mavzularidan biri boʻlgan tush masalasiga toʻxtaylik. Koʻrib oʻtganimizdek, «Yusuf» surasida voqealar rivoji, asosan, uyquda koʻrilgan tushlar bilan bogʻliqdir. Qissa Yusuf alayhissalom tushlarida oʻzlariga oʻn bitta yulduz, quyosh va oy sajda qilayotganini koʻrganlarini bayon qilish bilan boshlanib, oʻsha tush oʻngda haqiqatga aylanishi bilan tugaydi. Shuningdek, qissadagi burilish nuqtalari ham tushlarga bogʻliq. Avval, Yusuf alayhissalom bilan birga qamalgan ikki yigitning koʻrgan tushlari, keyin esa, Misr podshohining koʻrgan tushi.

Alloh taolo Yusuf alayhissalomga tush taʼbiri ilmini berganligini Yusuf alayhissalomning oʻzlari neʼmat deb hisoblamoqdalar. Yusuf alayhissalomning tushlarni toʻgʻri taʼbir qilishlari Paygʻambarlik moʻʼjizasi oʻrnida kelmoqda. Ehtimol, oʻsha paytda tush taʼbiri xalq oʻrtasida rivojlangan boʻlishi mumkin.

Hayotga nazar soladigan boʻlsak, baʼzilar tushni tamoman tan olmaydi. Baʼzilar esa, hamma narsani tushga bogʻlab qoʻyadi. Islomda esa, haqiqiy mavqif tutiladi. Islomda tushga boʻlgan munosabat, ayniqsa, ushbu suradan ochiq-oydin bilinadi.

Musulmon ulamolar tushni uch turga boʻladilar:

1. Allohdan boʻlgan ilhomiy tushlar. Ularga ushbu suradagi tushlar misol boʻladi. Shuningdek, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning koʻrgan tushlari ham shu xildagi tushlardan. Maʼlumki, u kishi Paygʻambarliklarining dastlabki olti oyida koʻrgan tushlari xuddi tong yogʻdusidek, aniqlik bilan voqelikda ham takrorlanib turgan. Bu haqda sahih rivoyatlar koʻp. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Toʻgʻri tush Paygʻambarlikning qirq olti juzʼidan biridir», degan hadislarini ham ulamolar oʻsha olti oyga ishorat, deydilar. Yaʼni, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklari yigirma uch yil boʻlgan. Yigirma uch yil qirq oltita olti oylikdan iborat. Demak, oʻsha, tush oʻngidan kelib yurgan dastlabki olti oy muddat yigirma uch yillik Paygʻambarlik muddatining qirq oltidan biridir.

2. Hayotda boʻlib oʻtgan narsalarni xotirlab, esga olib, soʻngra uxlagandan keyin oʻsha narsalarning tushga kirishi. Bu tushning eʼtibori yoʻq. Moddaparastlar shuni ham «tush» deb biladilar.

3. Shayton taʼsiri ostida koʻriladigan algʻov-dalgʻov tushlar. Buning ham hech qanday eʼtibori yoʻq. Shuning uchun ham, har bir koʻrgan tushni eʼtiborga olib, taʼbirini axtarishga targʻib qilish ham yoʻq.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida: «Agar birortangiz oʻzi yaxshi koʻrgan narsasini tushida koʻrsa, boshqalarga aytsin. Yomon koʻradigan narsasini tushida koʻrsa, chap tomoniga uch marta tuflasin-da, boshqa tomonga yonboshlab olsin. Allohdan uning sharridan saqlashini soʻrasin. Birovga bu tushini aytmasin. Shunda tush unga zarar qilmaydi», deganlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Muoviya ibn Haydatul Qushayriydan rivoyat qilgan hadisda esa, Paygʻambarimiz alayhissalom: «Tush taʼbir qilinmaguncha, kishi uchun folga oʻxshab turaveradi, taʼbir qilinsa, voqelikda zohir boʻladi», deganlar.

Tobeinlarning orasida tushlarni oyat va hadislar asosida taʼbir qiluvchi mashhur kishilar ham boʻlganlar.

Ulamolarning fikricha, tunu kunning uzunligi bir-biriga yaqin boʻlgan mavsumda tahorat bilan yotgan odamning sahar chogʻi koʻrgan tushi haqiqatga yaqin tush boʻladi.