QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят42

وَقَالَ لِلَّذِى ظَنَّ أَنَّهُۥ نَاجٍ مِّنْهُمَا ٱذْكُرْنِى عِندَ رَبِّكَ فَأَنسَىٰهُ ٱلشَّيْطَـٰنُ ذِكْرَ رَبِّهِۦ فَلَبِثَ فِى ٱلسِّجْنِ بِضْعَ سِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u o`zi ikkovlaridan najot topguvchi deb bilgan shaxsga: «Xo`jang huzurida meni esga ol», – dedi. Shayton unga xo`jasiga eslatishni unuttirdi. Bas, u qamoqda bir necha yil qoldi.Ва у ўзи икковларидан нажот топгувчи деб билган шахсга: «Хўжанг ҳузурида мени эсга ол», – деди. Шайтон унга хўжасига эслатишни унуттирди. Бас, у қамоқда бир неча йил қолди.Alauddin Mansour: (Yusuf) u ikkovining ichidan qutulib ketadi, deb oʻylagan kishiga (yaʼni, soqiyga): «Xojangning oldida men haqimda zikr qilgin (zora, u meni bu zulmdan ozod qilsa)», dedi. (Lekin) shayton xojasiga zikr qilishni uning yodidan chiqarib, (Yusuf) bir necha yil zindonda qolib ketdi.(Юсуф) у икковининг ичидан қутулиб кетади, деб ўйлаган кишига (яъни, соқийга): «Хожангнинг олдида мен ҳақимда зикр қилгин (зора, у мени бу зулмдан озод қилса)», деди. (Лекин) шайтон хожасига зикр қилишни унинг ёдидан чиқариб, (Юсуф) бир неча йил зиндонда қолиб кетди.

240-sahifa · 12-juz · 24-hizb240-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dediва дедиلِلَّذِىoʻsha shaxsgaўша шахсгаظَنَّdeb bilganдеб билганأَنَّهُۥuуنَاجٍۢnajot topguvchiнажот топгувчиمِّنْهُمَاikkovlaridanикковлариданٱذْكُرْنِىmeni esga olмени эсга олعِندَhuzuridaҳузуридаرَبِّكَxoʻjangхўжангفَأَنسَىٰهُbas, unga unuttirdiбас, унга унуттирдиٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонذِكْرَeslatishniэслатишниرَبِّهِۦxoʻjasigaхўжасигаفَلَبِثَbas, u qoldiбас, у қолдиفِى-da-даٱلسِّجْنِqamoqdaқамоқдаبِضْعَbir nechaбир нечаسِنِينَyilйил
TafsirТафсир

Yusuf alayhissalom ikki hamzindon doʻstlariga tushlarining taʼbirini aytib boʻlganlaridan soʻng, ulardan biriga, najot topishini oʻzlari bashorat qilgan shaxsga, yaʼni soqiyga:

«Xoʻjang huzurida meni esga ol», dedilar.

Chunki, tush taʼbiri boʻyicha, bu yigit yana saroyga kirib, xoʻjasi–podshohga soqiy boʻlishi kutilardi. Xuddi oʻsha podshoh Yusuf alayhissalomni surishtirmay-netmay, turli igʻvo-boʻhtonlar asosida, qamashga amr qilgan edi. Unga yaqin boʻlgan soqiy qamoqda noodil hukm ila bir mazlum yotganini eslatsa, biror kushoyish boʻlarmikan, degan xayolga bordilar.

Darhaqiqat, tushning taʼbiri toʻgʻri chiqdi. Haligi yigit qamoqdan ozod boʻlib, yana podshohga soqiylik qila boshladi. Ammo, Yusuf alayhissalomning iltimosini bajo keltirmadi. Chunki:

«Shayton unga xoʻjasiga eslatishni unuttirdi».

Yaʼni, shayton soqiyga podshoh huzurida Yusuf alayhissalomni eslatishni unuttirdi. Oqibatda:

«Bas, u qamoqda bir necha yil qoldi».

Bu esa, bandalar vositasi ila emas, faqat Alloh taoloning xohishi ila ishlar hal boʻlishidan bir dars edi. Allohga muqarrab boʻlgan bandalar doimo uning oʻzidan soʻrashlari va kutishlari lozimligining yana bir taʼkidi edi.