QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят41

يَـٰصَـٰحِبَىِ ٱلسِّجْنِ أَمَّآ أَحَدُكُمَا فَيَسْقِى رَبَّهُۥ خَمْرًا ۖ وَأَمَّا ٱلْـَٔاخَرُ فَيُصْلَبُ فَتَأْكُلُ ٱلطَّيْرُ مِن رَّأْسِهِۦ ۚ قُضِىَ ٱلْأَمْرُ ٱلَّذِى فِيهِ تَسْتَفْتِيَانِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, hamzindon do`stlarim, sizlardan biringiz xo`jasiga xamr soqiyligi qiladir. Boshqasi bo`lsa, osiladi va qushlar uning boshidan yeydir. Siz bilmoqchi bo`lgan ish bitdi», – dedi.Эй, ҳамзиндон дўстларим, сизлардан бирингиз хўжасига хамр соқийлиги қиладир. Бошқаси бўлса, осилади ва қушлар унинг бошидан ейдир. Сиз билмоқчи бўлган иш битди», – деди.Alauddin Mansour: Ey hamzindon doʻstlarim, endi sizlarning birinchingizni aytsak, bas, u (bu zindondan xalos boʻlib) yana xojasiga soqiylik qilur. Ammo ikkinchingiz esa dorga osilib, (oʻlaksaxoʻr) qushlar uning boshidan choʻqirlar. Sizlar taʼbir soʻrayotgan ish bitdi (yaʼni, endi bu taʼbirim hech qachon oʻzgarmaydi)».Эй ҳамзиндон дўстларим, энди сизларнинг биринчингизни айтсак, бас, у (бу зиндондан халос бўлиб) яна хожасига соқийлик қилур. Аммо иккинчингиз эса дорга осилиб, (ўлаксахўр) қушлар унинг бошидан чўқирлар. Сизлар таъбир сўраётган иш битди (яъни, энди бу таъбирим ҳеч қачон ўзгармайди)».

240-sahifa · 12-juz · 24-hizb240-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰصَـٰحِبَىِey ikki doʻstimэй икки дўстимٱلسِّجْنِzindondagiзиндондагиأَمَّآammoаммоأَحَدُكُمَاsizlardan biringizсизлардан бирингизفَيَسْقِىsoqiylik qilurсоқийлик қилурرَبَّهُۥxoʻjasigaхўжасигаخَمْرًۭا ۖxamrхамрوَأَمَّاva ammoва аммоٱلْـَٔاخَرُboshqasiбошқасиفَيُصْلَبُosilurосилурفَتَأْكُلُva yeydirва ейдирٱلطَّيْرُqushlarқушларمِن-dan-данرَّأْسِهِۦ ۚuning boshidanунинг бошиданقُضِىَbitdiбитдиٱلْأَمْرُishишٱلَّذِىoʻshaўшаفِيهِhaqidaҳақидаتَسْتَفْتِيَانِsiz soʻrayotganсиз сўраётган
TafsirТафсир

Yusuf alayhissalom tush taʼbirini aytishda juda rioya bilan, odob bilan ish tutdilar. Haligi yigitlarga, sening tushingning taʼbiri–bu, seniki–bu, demadilar. Balki, tushining taʼbiri noxush boʻlgan shaxsga ogʻir botmasligi uchun:

«sizlardan biringiz xoʻjasiga xamr soqiyligi qiladi. Boshqasi boʻlsa, osiladi va qushlar uning boshidan yeydi», dedilar.

Albatta, shuning oʻzi ham ochiq-oydin koʻrsatib turibdiki, tushida sharob siqayotgan yigit yana borib, xoʻjasi–podshoh saroyida soqiy boʻlib xizmat qilar ekan. Tushida boshida non koʻtarib yurgan, oʻsha nondan qushlar choʻqib yeyayotganini koʻrgan shaxs esa, osiladi va qushlar kelib, boshini yeydi.