مَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِهِۦٓ إِلَّآ أَسْمَآءً سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَـٰنٍ ۚ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۚ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّآ إِيَّاهُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlar undan o`zga, o`zingiz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar. Hukm qilish faqat Allohning O`ziga xosdir, U faqat O`zigagina ibodat qilishingizni amr etdi. Ana o`sha to`g`ri dindir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar.Сизлар ундан ўзга, ўзингиз ва ота-боболарингиз номлаб олган исмларга, Аллоҳ уларга бирон ҳужжат нозил қилмаган нарсаларга ибодат қилмоқдасизлар. Ҳукм қилиш фақат Аллоҳнинг Ўзига хосдир, У фақат Ўзигагина ибодат қилишингизни амр этди. Ана ўша тўғри диндир. Лекин одамларнинг кўпи билмаслар.Alauddin Mansour: Sizlar esa, U zotni qoʻyib, oʻzlaringiz va ota-bobolaringiz atab olgan nomlar-butlargagina ibodat qilasizlar. Axir Alloh ularga (ibodat qilish haqida) biron hujjat tushirmagan-ku? Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir. U zot sizlarni faqat Oʻzigagina ibodat qilishga buyurgandir. Eng toʻgʻri din mana shudir. Lekin odamlarning koʻplari buni bilmaydilar.Сизлар эса, У зотни қўйиб, ўзларингиз ва ота-боболарингиз атаб олган номлар-бутларгагина ибодат қиласизлар. Ахир Аллоҳ уларга (ибодат қилиш ҳақида) бирон ҳужжат туширмаган-ку? Ҳукм-ҳокимлик фақат Аллоҳникидир. У зот сизларни фақат Ўзигагина ибодат қилишга буюргандир. Энг тўғри дин мана шудир. Лекин одамларнинг кўплари буни билмайдилар.
Qahhor sifatiga ega boʻlgan yolgʻiz Allohni Robb deb bilish toʻgʻri boʻlgandan keyin, Unga ibodat qilish, yaʼni, Unga boʻyinsunish, Uning aytganini qilish, Ungagina sigʻinish kerak.
«Sizlar Undan oʻzga, oʻzingiz va ota-bobolaringiz nomlab olgan ismlarga, Alloh ularga biron hujjat nozil qilmagan narsalarga ibodat qilmoqdasizlar.»
Yaʼni, boʻyinsunmoqdasiz, ularni rozi qilish uchun urinmoqdasiz, sigʻinmoqdasiz. Holbuki, siz ibodat qilayotgan narsalar oʻzingiz va ota-bobolaringiz qoʻyib olgan nomlar, xolos. Ular turlitumandir. Baʼzilarini oʻzingiz yoki ota-bobolaringiz qoʻl bilan tosh-yogʻochdan yoʻnib olgansizlar. Baʼzilari esa, hayvonlar yoki oʻzingizga oʻxshagan odamlardir. Yana baʼzilari turli-tuman urf-odat, tuzum yoki firqalardir. Bularning hech biri insonlar uchun Parvardigor boʻlishlik salohiyatiga ega emaslar. Alloh ularning Robb boʻlishlari haqida biron hujjat ham nozil qilgan emas. Aslida:
«Hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir».
Demak, yer yuzida bandalar ustida hukmi yuradigan bittagina Zot bor, u ham boʻlsa, Alloh taolodir. Hammaga, hamma narsaga faqat Uning hukmigina joriy boʻlmogʻi lozim. Hamma faqat Uning hukmi bilangina yashamogʻi lozim. Undan oʻzganing hukm chiqarishga haqqi yoʻq. Hukm qilish xos boʻlgan Zot Allohdir.
«U faqat Oʻzigagina ibodat qilishingizni amr etdi.»
Undan oʻzgaga ibodat qilmang, boʻyinsunmang, hukmiga yurmang, rozi qilishga urinmang va sigʻinmang.
«Ana oʻsha toʻgʻri dindir.»
Faqat Allohning Oʻzigagina ibodat qilishlik, Undan oʻzgaga ibodat qilmaslik eng toʻgʻri dindir–boʻyinsunishlikdir, ibodat qilishlikdir, hukmiga yurishlikdir.
«Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar.»
Shuning uchun, bu odamlar Allohning hukmini qoʻyib, turli nizomlarning, oʻzlariga oʻxshagan odamlarning, firqalarning hukmiga yuradilar. Bu bilan oʻsha togʻutlarga ibodat qiladilar.
Shu bilan Yusuf alayhissalomning zindondagi doʻstlarini Allohning yoʻliga daʼvat qilishlari oxiriga yetadi. Endi ikki yigitning fikrlarini ishgʻol qilib turgan masalaga, ular koʻrgan tushlarni taʼbir qilishga oʻtadilar: