يَـٰصَـٰحِبَىِ ٱلسِّجْنِ ءَأَرْبَابٌ مُّتَفَرِّقُونَ خَيْرٌ أَمِ ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, hamzindon do`stlarim, turli-tuman Robblar yaxshimi yoki yolg`izu Qahhor Allohmi?Эй, ҳамзиндон дўстларим, турли-туман Робблар яхшими ёки ёлғизу Қаҳҳор Аллоҳми?Alauddin Mansour: Ey hamzindon doʻstlarim, tarqoq turli-tuman «xudolar» yaxshiroqmi yoki yagona va gʻolib Allohmi?Эй ҳамзиндон дўстларим, тарқоқ турли-туман «худолар» яхшироқми ёки ягона ва ғолиб Аллоҳми?
Yusuf alayhissalom hibsdagi sheriklariga bergan ushbu savol har bir inson oʻylab koʻrishi lozim boʻlgan savoldir. Hamma narsaga hukmi oʻtadigan, butun borliqni Oʻziga boʻysundira oladigan, Qahhor sifatiga sohib yolgʻiz Allohni Robb–tarbiyakunanda deb bilgan yaxshimi yoki bu sifatlarning tariqchasiga ega boʻlmagan turli- tuman «xudo»larni Robb–tarbiyakunanda qilib olgan yaxshimi? Haq javob bitta: Qahhor zot boʻlmish yolgʻiz Allohni Robb–tarbiyakunanda qilib olishdan boshqa yaxshilik yoʻq. Holbuki: