وَٱتَّبَعْتُ مِلَّةَ ءَابَآءِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ ۚ مَا كَانَ لَنَآ أَن نُّشْرِكَ بِٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۚ ذَٰلِكَ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ عَلَيْنَا وَعَلَى ٱلنَّاسِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va otalarim Ibrohim, Is'hoq va Ya'qubning millati (dini)ga ergashdim. Biz uchun Allohga biror narsani sherik qilish mumkin emas edi. Bu bizga va odamlarga Alloh bergan fazl edi. Lekin odamlarning ko`plari shukr qilmaslar.Ва оталарим Иброҳим, Исҳоқ ва Яъқубнинг миллати (дини)га эргашдим. Биз учун Аллоҳга бирор нарсани шерик қилиш мумкин эмас эди. Бу бизга ва одамларга Аллоҳ берган фазл эди. Лекин одамларнинг кўплари шукр қилмаслар.Alauddin Mansour: «Va men ajdodlarim Ibrohim, Ishoq va Yaʼqublarning millati — diniga ergashganman. Biz (yaʼni, paygʻambarlar) uchun Allohga biron narsani sherik qilish joiz emasdir. Bu (yaʼni, yolgʻiz Allohgagina bandalik qilish neʼmati) Allohning biz — paygʻambarlarga va barcha odamlarga qilgan fazl-marhamatlaridandir. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaydilar.«Ва мен аждодларим Иброҳим, Исҳоқ ва Яъқубларнинг миллати — динига эргашганман. Биз (яъни, пайғамбарлар) учун Аллоҳга бирон нарсани шерик қилиш жоиз эмасдир. Бу (яъни, ёлғиз Аллоҳгагина бандалик қилиш неъмати) Аллоҳнинг биз — пайғамбарларга ва барча одамларга қилган фазл-марҳаматларидандир. Лекин одамларнинг кўплари шукр қилмайдилар.
Yusuf alayhissalom bu soʻzlari bilan kufrni tark etibgina qolmay, hidoyat, iymon yoʻliga yurish zarurligini ham qamoqdagi sheriklariga anglatmoqdalar. Ularni kufr millatini tashlab, iymon millatiga ergashishga daʼvat qilmoqdalar.
«Va otalarim Ibrohim, Ishoq va Yaʼqubning millati(dini)ga ergashdim.»
Bu millat xolis tavhid millatidir. Unda kufr va shirkdan asar ham yoʻq.
«Biz uchun Allohga biror narsani sherik qilish mumkin emas edi.»
Agar shunday boʻladigan boʻlsa, moʻmin boʻlmasdik.
«Bu bizga va odamlarga Alloh bergan fazl edi.»
Hidoyatga erishib, tavhid yoʻlida yurish katta baxt. Bu baxtni esa, faqat Allohning Oʻzigina bera oladi. Oʻzini bilgan odam uchun bu ulkan fazldir. Unga shukr etish, oʻsha hidoyatda sobitqadam boʻlish zarur.
«Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaslar.»
Oqibatda, bu tengsiz fazilatdan bebahra qoladilar.