قَالَ لَا يَأْتِيكُمَا طَعَامٌ تُرْزَقَانِهِۦٓ إِلَّا نَبَّأْتُكُمَا بِتَأْوِيلِهِۦ قَبْلَ أَن يَأْتِيَكُمَا ۚ ذَٰلِكُمَا مِمَّا عَلَّمَنِى رَبِّىٓ ۚ إِنِّى تَرَكْتُ مِلَّةَ قَوْمٍ لَّا يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ كَـٰفِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Men sizlarga rizq bo`ladigan taom kelguniga qadar uning qanday ekanining xabarini berurman. Bu ish menga Robbim ta'lim bergan narsalardandir. Chunki, men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratga kofir bo`lgan qavmning millati(dini)ni tark etgan odamman.У: «Мен сизларга ризқ бўладиган таом келгунига қадар унинг қандай эканининг хабарини берурман. Бу иш менга Роббим таълим берган нарсалардандир. Чунки, мен Аллоҳга иймон келтирмайдиган ва охиратга кофир бўлган қавмнинг миллати(дини)ни тарк этган одамман.Alauddin Mansour: (Yusuf) aytdi: «Men sizlarga rizq boʻladigan (har qanday) taom oldingizga kelishidan ilgari uning qanday taom ekanini taʼvilini aytib bera olaman. Bu Parvardigorim menga bildirgan narsalardandir. Chunki men Allohga iymon keltirmaydigan va Oxiratni mutlaqo inkor qiluvchi qavmning millati — dinini tark etgan kishiman».(Юсуф) айтди: «Мен сизларга ризқ бўладиган (ҳар қандай) таом олдингизга келишидан илгари унинг қандай таом эканини таъвилини айтиб бера оламан. Бу Парвардигорим менга билдирган нарсалардандир. Чунки мен Аллоҳга иймон келтирмайдиган ва Охиратни мутлақо инкор қилувчи қавмнинг миллати — динини тарк этган кишиман».
Yusuf alayhissalom oʻzlariga umid bilan qarab turgan ikki yigitga latofat bilan javob berdilar. Dastlab, ular tushunolmay qiynalayotgan jumboqni yechish oson ish ekanligiga ishora qildilar.
«U: «Men sizlarga rizq boʻladigan taom kelguniga qadar uning qanday ekanining xabarini berurman», dedi.
Yaʼni, kelajakda yetadigan rizqning xabarini berish imkoni borligini taʼkidladilar. Shu bilan birga, bu fazlning haqiqiy masdariga dalolat qilib:
«Bu ish menga Robbim taʼlim bergan narsalardandir», deb qoʻshib qoʻydilar.
Shu bilan birga, oʻzlariga Parvardigori Olam boshqa narsalarni ham taʼlim berganligini bildirdilar va oʻsha Robboniy taʼlim asosida ish olib borayotganlari haqida xabar berib:
«Chunki, men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratga kofir boʻlgan qavmning millati(dini)ni tark etgan odamman», dedilar.
Demak, u kishining aqiydalari va daʼvat qilayotgan dinlari Allohga va oxirat kuniga iymon keltirishga asoslangan. Bu ikki unsur hamma Paygʻambarlarning aqiydasidir. Soʻngra, Yusuf alay- hissalom soʻzlarini davom ettirdilar: