وَدَخَلَ مَعَهُ ٱلسِّجْنَ فَتَيَانِ ۖ قَالَ أَحَدُهُمَآ إِنِّىٓ أَرَىٰنِىٓ أَعْصِرُ خَمْرًا ۖ وَقَالَ ٱلْـَٔاخَرُ إِنِّىٓ أَرَىٰنِىٓ أَحْمِلُ فَوْقَ رَأْسِى خُبْزًا تَأْكُلُ ٱلطَّيْرُ مِنْهُ ۖ نَبِّئْنَا بِتَأْوِيلِهِۦٓ ۖ إِنَّا نَرَىٰكَ مِنَ ٱلْمُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U bilan qamoqqa ikkita yigit ham kirdi. Ulardan biri: «Men tushimda sharob tayyorlab yuribman», – dedi. Boshqasi esa: «Men boshimda non ko`tarib yuribman, qush undan yemoqda», – dedi. «Bizga buning ta'birini xabar qil. Biz seni, shubhasiz, yaxshi amal qilguvchilardan, deb bilmoqdamiz».У билан қамоққа иккита йигит ҳам кирди. Улардан бири: «Мен тушимда шароб тайёрлаб юрибман», – деди. Бошқаси эса: «Мен бошимда нон кўтариб юрибман, қуш ундан емоқда», – деди. «Бизга бунинг таъбирини хабар қил. Биз сени, шубҳасиз, яхши амал қилгувчилардан, деб билмоқдамиз».Alauddin Mansour: Zindonga u bilan birga yana ikki yigit tushgan edi. Ulardan biri (yaʼni, ilgari hokimning soqiysi boʻlgan yigit): «Men tushimda sharob tayyorlayotgan emishman», dedi. Boshqasi esa (yaʼni, ilgari hokimning novvoyi boʻlgan yigit): «Men boshim ustida non koʻtarib turganmishman, qushlar undan yeyayotgan emishlar. Sen bizga shuning taʼbirini aytib bersang. Biz sening chiroyli amallar qilguvchi kishi ekanligingni koʻrib turibmiz», dedi.Зиндонга у билан бирга яна икки йигит тушган эди. Улардан бири (яъни, илгари ҳокимнинг соқийси бўлган йигит): «Мен тушимда шароб тайёрлаётган эмишман», деди. Бошқаси эса (яъни, илгари ҳокимнинг новвойи бўлган йигит): «Мен бошим устида нон кўтариб турганмишман, қушлар ундан еяётган эмишлар. Сен бизга шунинг таъбирини айтиб берсанг. Биз сенинг чиройли амаллар қилгувчи киши эканлигингни кўриб турибмиз», деди.
Qamoqda turli odamlar bor edi. Jumladan, Yusuf alayhissalomga oʻxshab oliy tabaqa istagan ishni qilmay, ularning qahriga uchraganlar ham. Yusuf alayhissalomning aql-zakovati, taqvosi, xudojoʻyligi oshkor koʻrinib turganidan, qamoqdagi odamlar u zotga koʻngillarini ochadigan, maslahat soʻraydigan boʻlishdi.
«U bilan qamoqqa ikkita yigit ham kirdi.»
Yaʼni, Yusuf alayhissalom qamalganda, boshqa ikki yigit ham bandi edi. Bir kuni oʻsha ikki yigit u kishining huzurlariga kelishdi:
«Ulardan biri: «Men tushimda, sharob tayyorlab yuribman», – dedi».
Yaʼni, uzumni siqib, undan xamr–sharob tayyorlab yuribman, dedi. Boshqasi esa:
«Men boshimda non koʻtarib yuribman, qush undan yemoqda», – dedi».
Ikkinchi yigitning tushi ham oʻziga xos edi. Ikkovlari ham tushlarining taʼbirini bilishni xohlardilar.
«Bizga buning taʼbirini xabar qil. Biz seni, shubhasiz, yaxshi amal qilguvchilardan, deb bilmoqdamiz.»
Shuning uchun huzuringga keldik. Boʻlmasa, kelmas edik, deyishdi.
Haqiqiy daʼvatchi Allohning yoʻliga daʼvat qilishda har bir holatdan unumli foydalanadi. Yusuf alayhissalom ham yigitlarning ehtiyoj tufayli huzurlariga kelishganini daʼvat uchun qulay fursat bildilar. Koʻngillarini toʻq qilish uchun avval ularni qiziqtirayotgan masalada gap ochib qoʻyib, soʻngra daʼvatga oʻtdilar: