QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят35

ثُمَّ بَدَا لَهُم مِّنۢ بَعْدِ مَا رَأَوُا۟ ٱلْـَٔايَـٰتِ لَيَسْجُنُنَّهُۥ حَتَّىٰ حِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, oyat-alomatlarni ko`rganlaridan keyin, ularga uni bir muddat qamashlari ayon bo`ldi.Сўнгра, оят-аломатларни кўрганларидан кейин, уларга уни бир муддат қамашлари аён бўлди.Alauddin Mansour: Soʻngra, ularga (yaʼni, Misr hokimi va uning odamlariga Yusuf pok ekanligi haqidagi) oyat-alomatlarni koʻrganlaridan keyin, uni bir vaqtgacha (yaʼni, gap-soʻzlar tinguncha) zindonband qilib turish maʼqul koʻrindi.Сўнгра, уларга (яъни, Миср ҳокими ва унинг одамларига Юсуф пок эканлиги ҳақидаги) оят-аломатларни кўрганларидан кейин, уни бир вақтгача (яъни, гап-сўзлар тингунча) зиндонбанд қилиб туриш маъқул кўринди.

239-sahifa · 12-juz · 24-hizb239-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграبَدَاayon boʻldiаён бўлдиلَهُمulargaуларгаمِّنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинمَاnarsadanнарсаданرَأَوُا۟ular koʻrganулар кўрганٱلْـَٔايَـٰتِoyat-alomatlarniоят-аломатларниلَيَسْجُنُنَّهُۥuni, albatta, qamashlariуни, албатта, қамашлариحَتَّىٰqadarқадарحِينٍۢbir muddatбир муддат
TafsirТафсир

Boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng, Aziz va uning atrofidagilarga, xotinning ahliga Yusufning beayb ekanligi alomatlari zohir boʻlib, koʻzlari bilan koʻrganlaridan keyin, uni bir muddat qamashlari ayon boʻldi.

Qiziq va mantiqsiz ish, lekin achchiq haqiqat. Odatda, sogʻlom jamiyatda birov tuhmatga uchrasa, tekshirganlarida uning aybsizligi ayon boʻlsa, uzr aytib, haqiqat tiklanadi. Bularning jamiyati boʻlsa, koʻylakning ort tomonidan yirtilganini koʻrdi. Xotin koʻpchilikning oldida, men uning nafsini xohladim, ammo u oʻzini olib qochdi, deb eʼtirof qildi. Shuningdek, boshqa alomatlar ham boʻlgandir. Qisqasi, Yusuf alayhissalomning pokliklari yuz foiz isbot qilingandan keyin «Sening pokliging sobit boʻldi. Barakalla, kel, endi seni qamab qoʻyaylik», deyishmoqda. Bunday ajoyibotlar faqat ishrat ketidan tushib, ornomusni yoʻqotgan hukmdor, zodagon tabaqalarda boʻlishi mumkin, xolos. Hamma fitnani qoʻzgʻagan, aybning borini qilgan va koʻpchilik oldida «ishni men qildim» deb faxrlanib turgan xotinga esa, hech gap boʻlgani yoʻq. Ammo pok boʻla turib, oʻzini tutgan bechorani begunohligi aniq boʻlgandan soʻng, oʻzlarining obroʻlarini saqlash uchun qamashmoqda. Avom xalq uning qamalganini eshitsa: Ha, oʻzidan bir gap oʻtgan boʻlsa kerak, boʻlmasa, qamashmasdi, deydi-da. Shunday qilib, Yusuf alayhissalomning boshlariga yangi sinov keldi. U kishi qamoqqa tushdi.