QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят34

فَٱسْتَجَابَ لَهُۥ رَبُّهُۥ فَصَرَفَ عَنْهُ كَيْدَهُنَّ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Robbi uning (duosini) ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi. Albatta, Uning O`zi eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.Бас, Робби унинг (дуосини) ижобат қилиб, уларнинг макрини ундан нари қилди. Албатта, Унинг Ўзи эшитгувчи ва билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Bas, Parvardigori (Yusufning duosini) ijobat qilib, ularning makrlarini undan nari qildi. U zot, shak-shubhasiz, eshitguvchi, bilguvchidir.Бас, Парвардигори (Юсуфнинг дуосини) ижобат қилиб, уларнинг макрларини ундан нари қилди. У зот, шак-шубҳасиз, эшитгувчи, билгувчидир.

239-sahifa · 12-juz · 24-hizb239-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱسْتَجَابَbas, ijobat qildiбас, ижобат қилдиلَهُۥuning (duosini)унинг (дуосини)رَبُّهُۥRobbiРоббиفَصَرَفَva nari qildiва нари қилдиعَنْهُundanунданكَيْدَهُنَّ ۚularning makriniуларнинг макриниإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, УهُوَUning OʻziУнинг Ўзиٱلسَّمِيعُeshitguvchiэшитгувчиٱلْعَلِيمُbilguvchi zotdirбилгувчи зотдир
TafsirТафсир

Alloh qaysi yoʻl bilan boʻlsa ham, Yusufni bu fitnadan qutqardi. Muhimi shu boʻlgani uchun, qanday qilib, nima vosita bilan qutqargani aytilmadi. Asosiysi, banda chin qalbdan Allohga iltijo qilib soʻrasa, Alloh uning duosini ijobat etib, soʻraganini berishidir.

«Bas, Robbi uning (duosini) ijobat qilib, ularning makrini undan nari qildi.»

Yusuf alayhissalom ham juda qiyin holatga tushib qolishlariga qaramay, sobit turdilar, oʻzlarini haromdan olib qochdilar va Allohdan tinmay yordam soʻradilar, oqibati xayrli boʻldi. Alloh xotinlarning makrini u kishidan nari qildi.

«Albatta, Uning Oʻzi eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.»

Bandasi iltijo qilsa, soʻrasa, albatta eshitadi, bandaning holini va niyatini biladi hamda shunga qarab, Oʻzi bilib tasarruf qiladi.