قَالَ رَبِّ ٱلسِّجْنُ أَحَبُّ إِلَىَّ مِمَّا يَدْعُونَنِىٓ إِلَيْهِ ۖ وَإِلَّا تَصْرِفْ عَنِّى كَيْدَهُنَّ أَصْبُ إِلَيْهِنَّ وَأَكُن مِّنَ ٱلْجَـٰهِلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko`ra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu(ayol)larning makrini mendan O`zing nari qilmasang, ularga moyil bo`lib, johillardan bo`lib qolaman», – dedi.У: «Эй Роббим, улар мени чорлаётган нарсадан кўра мен учун қамоқ маҳбуброқдир, бу(аёл)ларнинг макрини мендан Ўзинг нари қилмасанг, уларга мойил бўлиб, жоҳиллардан бўлиб қоламан», – деди.Alauddin Mansour: (Yusuf) dedi: «Parvardigorim, men uchun bular meni chorlayotgan narsadan koʻra zindon yaxshiroqdir. Agar Oʻzing mendan ularning makrlarini nari qilmasang, ularga koʻngil berib nodon kimsalardan boʻlib qolurman».(Юсуф) деди: «Парвардигорим, мен учун булар мени чорлаётган нарсадан кўра зиндон яхшироқдир. Агар Ўзинг мендан уларнинг макрларини нари қилмасанг, уларга кўнгил бериб нодон кимсалардан бўлиб қолурман».
Endi Yusufni faqat Azizning xotini emas, mehmonga kelgan ayollar ham yaxshi koʻrib qolishgan edi. U ayollar ham Azizning xotinini qoʻllab-quvvatlashardi. Shuning uchun ham, Yusuf alayhissalom:
«Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan koʻra, men uchun qamoq mahbubroqdir», demoqdalar.
Ular–ana u xotinlar chorlayotgan harom ishni qilishdan koʻra, menga qamoq yaxshiroqdir.
Darhaqiqat, Yusuf alayhissalom qiyin imtihonga uchragan edilar. Shuning uchun ham, oʻzlariga ishonchlari yetarli boʻlsa-da, banda ekanliklarini nazarda tutib, Alloh taolodan yordam soʻramoqdalar:
«Bu(ayol)larning makrini mendan Oʻzing nari qilmasang, ularga moyil boʻlib, johillardan boʻlib qolaman», – dedi».