QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят32

قَالَتْ فَذَٰلِكُنَّ ٱلَّذِى لُمْتُنَّنِى فِيهِ ۖ وَلَقَدْ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفْسِهِۦ فَٱسْتَعْصَمَ ۖ وَلَئِن لَّمْ يَفْعَلْ مَآ ءَامُرُهُۥ لَيُسْجَنَنَّ وَلَيَكُونًا مِّنَ ٱلصَّـٰغِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Siz meni malomat qilgan narsa — shu. Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u o`zini saqladi. Agar u mening amrimni bajarmasa, albatta qamalur va xor bo`lguvchilardan bo`lur», – dedi.У: «Сиз мени маломат қилган нарса — шу. Ҳа, мен ундан нафсини хоҳладим, бироқ у ўзини сақлади. Агар у менинг амримни бажармаса, албатта қамалур ва хор бўлгувчилардан бўлур», – деди.Alauddin Mansour: (Shunda Zulayho): dedi: «Mana shu yigit haqida sizlar meni malomat qilgan edingiz. Darhaqiqat, uni yoʻldan urmoqchi boʻlganimda, u pokdomonlik qildi – boʻyinsunmadi. Qasamki, agar mening amrimni bajarmas ekan, albatta zindonga tashlanur va xor-zor qilinur».(Шунда Зулайҳо): деди: «Мана шу йигит ҳақида сизлар мени маломат қилган эдингиз. Дарҳақиқат, уни йўлдан урмоқчи бўлганимда, у покдомонлик қилди – бўйинсунмади. Қасамки, агар менинг амримни бажармас экан, албатта зиндонга ташланур ва хор-зор қилинур».

239-sahifa · 12-juz · 24-hizb239-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَتْ(xotin) dedi(хотин) дедиفَذَٰلِكُنَّmana shuмана шуٱلَّذِىoʻsha kimsaўша кимсаلُمْتُنَّنِىmeni malomat qilgan edingizмени маломат қилган эдингизفِيهِ ۖu haqidaу ҳақидаوَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқرَٰوَدتُّهُۥmen uni xohladimмен уни хоҳладимعَن-dan-данنَّفْسِهِۦuning nafsiунинг нафсиفَٱسْتَعْصَمَ ۖbiroq u oʻzini saqladiбироқ у ўзини сақладиوَلَئِنva agarва агарلَّمْemasэмасيَفْعَلْbajarsaбажарсаمَآnarsaniнарсаниءَامُرُهُۥmen unga buyurganмен унга буюрганلَيُسْجَنَنَّalbatta, qamalurалбатта, қамалурوَلَيَكُونًۭاva albatta, boʻlurва албатта, бўлурمِّنَ-dan-данٱلصَّـٰغِرِينَxor boʻlguvchilarхор бўлгувчилар
TafsirТафсир

Mazkur masalada boshqani malomat qilib turgan ayollar undan ham battar ahvolga tushib, hayajonlarini yashira olmay qolganidan keyin Azizning xotini sipo gapni yigʻishtirib, pardasiz, behayo gapga oʻtdi:

«Siz meni malomat qilgan narsa – shu».

Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi, demaganmidingiz? Xizmatkorim shu yigit. Ha, qani ayting-chi, oʻzingizga nima boʻldi? Nimaga qoʻlingizni kesib oldingiz? Nimaga buni bashar emas, malak, demoqdasiz? Qandoq boʻlar ekan? Gapirish juda oson:

«Ha, men undan nafsini xohladim, biroq u oʻzini saqladi».

Endi vazirning xotini fahsh ishni xohlaganini ham yashirmay qoʻydi. Yusufning pokligini ham tan oldi. Ayol faxrlana boshladi. Misrning kazo-kazo ayollari oshiqu beqaror boʻlib qolgan yigit uning xizmatkori edi. Uning qoʻli ostida edi. Uning aytganini qilar edi. Ayollar oldida faxr bilan:

«Agar u mening amrimni bajarmasa, albatta qamalur va xor boʻlguvchilardan boʻlur, – dedi».

Yaʼni, men aytgan fahsh ishni qilmasa, uni qamataman va xoru zor qilaman, dedi.

Bu gaplarni eshitgan Yusuf alayhissalom darhol: