فَلَمَّا سَمِعَتْ بِمَكْرِهِنَّ أَرْسَلَتْ إِلَيْهِنَّ وَأَعْتَدَتْ لَهُنَّ مُتَّكَـًٔا وَءَاتَتْ كُلَّ وَٰحِدَةٍ مِّنْهُنَّ سِكِّينًا وَقَالَتِ ٱخْرُجْ عَلَيْهِنَّ ۖ فَلَمَّا رَأَيْنَهُۥٓ أَكْبَرْنَهُۥ وَقَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ وَقُلْنَ حَـٰشَ لِلَّهِ مَا هَـٰذَا بَشَرًا إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا مَلَكٌ كَرِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U ularning makri haqida eshitgan vaqtda, ularga odam yuborib chaqirdi. Ularga suyanib o`tiradigan joy tayyorladi. Va har birlariga pichoq berdi. So`ngra (Yusufga): «Ularning oldiga chiq!» – dedi. Uni ko`rgan chog`larida lol qoldilar, qo`llarini kesdilar. Va: «Alloh saqlasin!! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning o`zi-ku!» – deyishdi.У уларнинг макри ҳақида эшитган вақтда, уларга одам юбориб чақирди. Уларга суяниб ўтирадиган жой тайёрлади. Ва ҳар бирларига пичоқ берди. Сўнгра (Юсуфга): «Уларнинг олдига чиқ!» – деди. Уни кўрган чоғларида лол қолдилар, қўлларини кесдилар. Ва: «Аллоҳ сақласин!! Бу башар эмас! Бу карамли фариштанинг ўзи-ку!» – дейишди.Alauddin Mansour: Endi qachonki (Zulayho) ularning igʻvolarini eshitgach, ularga odam yubordi va (kelganlaridan keyin) suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi hamda (anvoyi meva-chevalar bilan dasturxonni toʻldirib) ulardan har biriga bittadan pichoq berib qoʻydi. Keyin (Yusufga) «Ularning oldiga chiqqin», dedi. Bas, qachonki uni koʻrishgach (ular beixtiyor uni) olqishladilar va (oʻzlari sezmagan hollarida, qoʻllaridagi pichoqlari bilan) oʻz qoʻllarini kesa boshladilar. Hamda: «Ey pok Alloh, bu bashar (farzandi) emas, bu asil farishtaning oʻzi-ku», deb yubordilar.Энди қачонки (Зулайҳо) уларнинг иғволарини эшитгач, уларга одам юборди ва (келганларидан кейин) суяниб ўтирадиган жой тайёрлади ҳамда (анвойи мева-чевалар билан дастурхонни тўлдириб) улардан ҳар бирига биттадан пичоқ бериб қўйди. Кейин (Юсуфга) «Уларнинг олдига чиққин», деди. Бас, қачонки уни кўришгач (улар беихтиёр уни) олқишладилар ва (ўзлари сезмаган ҳолларида, қўлларидаги пичоқлари билан) ўз қўлларини кеса бошладилар. Ҳамда: «Эй пок Аллоҳ, бу башар (фарзанди) эмас, бу асил фариштанинг ўзи-ку», деб юбордилар.
Bosh vazirning uyiga mehmonga chaqirilganliklaridan mish- mish tarqatgan ayollar ham yuqori tabaqadan ekanligi maʼlum boʻladi.
«U ularning makri haqida eshitgan vaqtda, ularga odam yuborib chaqirdi. Ularga suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi.»
Shahardagi ayollarning mish-mishlaridan xabardor boʻlgan Azizning xotini ularning hammasini mehmonga chaqirdi. Oʻsha vaqtning urfiga binoan, suyanchiqli oʻrinlarni ham tayyorlab qoʻydi. Oʻzi oldindan tuzib qoʻygan reja boʻyicha:
«har birlariga pichoq berdi».
Mehmondorchilikda dasturxondagi noz-neʼmatlardan kesib, yeb oʻtirishardi.
«Soʻngra (Yusufga): «Ularning oldiga chiq!» – dedi.»
Meni malomat qilgan ogʻzi polvon xotinlar seni bir koʻrib qoʻysin!
«Uni koʻrgan chogʻlarida lol qoldilar.»
Yusuf mehmonlarning huzuriga chiqdi. Ayollar uning husnu jamolini koʻrib, boshlari aylanib, lol qoldilar, hayratga tushdilar va beixtiyor, qoʻllaridagi pichoqlar ila:
«Qoʻllarini kesdilar».
Bu hol ularning hushlari boshidan uchganligining tanalaridagi tamgʻasi, hujjat-dalili boʻlib qoldi. Azizning xotini behudaga ulardan har birining qoʻliga pichoq bermagan va kesib yeyiladigan taomlarni tayyorlamagan edi. Yusufning husnu jamoliga mahliyo boʻlish oʻzining boshidan oʻtgan, shuning uchun, boshqa ayollarning holi nima boʻlishini ham yaxshi bilar edi.
Mehmon ayollar tamoman oʻzlarini yoʻqotdilar. Qoʻllari kesilganini ham sezmasdan, hayrat va hayajonlarini yashira olmay, beixtiyor:
«Yo pok Parvardigoro! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning oʻzi-ku!» – deyishdi».
Ana shunda Azizning xotini ularning bu holini, Yusufning husnu jamoli oldida taajjub va hayrat ila lol boʻlganlarini koʻrib, oʻzini gʻolib sezdi. Endi u oʻzini malomat qilgan ayollar ustidan kula boshladi.