QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят30

۞ وَقَالَ نِسْوَةٌ فِى ٱلْمَدِينَةِ ٱمْرَأَتُ ٱلْعَزِيزِ تُرَٰوِدُ فَتَىٰهَا عَن نَّفْسِهِۦ ۖ قَدْ شَغَفَهَا حُبًّا ۖ إِنَّا لَنَرَىٰهَا فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shahardagi ayollar: «Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi. Unga juda ham muhabbat qo`yib qolgan ekan-da! Biz u(ayol)ni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz», – deyishdi.Шаҳардаги аёллар: «Азизнинг хотини хизматкорининг нафсини хоҳлабди. Унга жуда ҳам муҳаббат қўйиб қолган экан-да! Биз у(аёл)ни, албатта, очиқ-ойдин адашувда деб биламиз», – дейишди.Alauddin Mansour: Shahardagi ayollar: «Hokimning xotini oʻz xizmatkorini yoʻldan urmoqchi boʻlibdi. Rosa yuragidan uribdi-da! Albatta, bizlar uni ochiq zalolatda deb bilamiz», dedilar.Шаҳардаги аёллар: «Ҳокимнинг хотини ўз хизматкорини йўлдан урмоқчи бўлибди. Роса юрагидан урибди-да! Албатта, бизлар уни очиқ залолатда деб биламиз», дедилар.

238-sahifa · 12-juz · 24-hizb238-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَقَالَva deyishdiва дейишдиنِسْوَةٌۭayollarаёлларفِى-da-даٱلْمَدِينَةِshaharшаҳарٱمْرَأَتُxotiniхотиниٱلْعَزِيزِAzizningАзизнингتُرَٰوِدُxohlabdiхоҳлабдиفَتَىٰهَاxizmatkoriningхизматкоринингعَن-dan-данنَّفْسِهِۦ ۖuning nafsiунинг нафсиقَدْbatahqiqбатаҳқиқشَغَفَهَاuni qamrab olganуни қамраб олганحُبًّا ۖmuhabbat ilaмуҳаббат илаإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизلَنَرَىٰهَاuni koʻrmoqdamiz (deb bilamiz)уни кўрмоқдамиз (деб биламиз)فِى-da-даضَلَـٰلٍۢadashuvадашувمُّبِينٍۢochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Ushbu oyatda birinchi marta «Aziz» deb erning kimligi, uning mansabi zikr etilmoqda. Bundan avval esa, «Yusufni Misrda sotib olgan kishi», «xotinning eri», «xotinning xoʻjayini» kabi sifatlar bilan vasf qilinib kelinayotgan edi. «Aziz» oʻsha vaqtdagi bosh vazir. Misrda podshohlar «firʼavn», bosh vazir esa «aziz» deb atalgan.

Demak, yuqorida yuz bergan mashmashalar hukmdor tabaqada boʻlayotgan ekan. Bu doiralarda doimo shunday boʻladi. Ayolning oʻzini emas, kimning xotini ekanligini aytib turib ayblash ham xotinlarning qiziq bir holati. Buzuq toifalarning yoʻsini shu-da, oʻzi.

«Azizning xotini xizmatkorining nafsini xohlabdi.»

Boshqa vaqtda zikr qilmasalar ham, bunaqa ishlardan keyin xotinning kimning xotini ekanini chertib aytishadi. Ehtimol, shuning uchun ham, shu voqeagacha u odamning kimligi aytilmay kelgandir.

«Unga juda ham muhabbat qoʻyib qolgan ekan-da!»

Yuragidan urib qolgan ekan-ku. Uni koʻrmasa, turolmas ekan.

«Biz u(ayol)ni, albatta, ochiq-oydin adashuvda deb bilamiz», – deyishdi.»

Shunchalik ulugʻ odamning xotini ham shunaqa ishni qiladimi! Qarang-a, qanaqa xotin ekan! Zalolatga ketmagan boʻlsa, bunday qilmasdi. Koʻzini yogʻ bosib qolgan. Toʻqlikka shoʻxlik-da. Azizning xotini ham anoyi emas.