QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят29

يُوسُفُ أَعْرِضْ عَنْ هَـٰذَا ۚ وَٱسْتَغْفِرِى لِذَنۢبِكِ ۖ إِنَّكِ كُنتِ مِنَ ٱلْخَاطِـِٔينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey Yusuf, sen bu ishni unut. Sen, xotin, gunohingga istig`for ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan bo`lding», – dedi.«Эй Юсуф, сен бу ишни унут. Сен, хотин, гуноҳингга истиғфор айт. Албатта, сен хато қилгувчилардан бўлдинг», – деди.Alauddin Mansour: «Yusuf, sen bu (ishni) unutgin, sen esa (ey Zulayho), qilgan gunohingga istigʻfor ayt – tavba qil. Chunki sen adashgan kimsalardan boʻlding», dedi.«Юсуф, сен бу (ишни) унутгин, сен эса (эй Зулайҳо), қилган гуноҳингга истиғфор айт – тавба қил. Чунки сен адашган кимсалардан бўлдинг», деди.

238-sahifa · 12-juz · 24-hizb238-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُوسُفُey Yusufэй Юсуфأَعْرِضْyuz oʻgir (unut)юз ўгир (унут)عَنْ-dan-данهَـٰذَا ۚbu ishбу ишوَٱسْتَغْفِرِىva (sen, xotin) istigʻfor aytва (сен, хотин) истиғфор айтلِذَنۢبِكِ ۖgunohinggaгуноҳинггаإِنَّكِalbatta, senалбатта, сенكُنتِboʻldingбўлдингمِنَ-dan-данٱلْخَاطِـِٔينَxato qilguvchilarхато қилгувчилар
TafsirТафсир

Ayshu ishratga berilgan tabaqalar orasida bunaqa hodisalar tez-tez uchrab turadi. Shuning uchun ham, er bu nomussizlikka tuzukroq chora koʻrishning oʻrniga, yopigʻliq qozonni yopigʻliq holida qoldirishga harakat qildi. Oilasining aybini ochishi mumkin boʻlgan birdan-bir shaxsga–Yusufga qarata:

«Ey Yusuf, sen bu ishni unut», dedi.

Yaʼni, esingdan chiqarib yubor. Tuya koʻrdingmi, yoʻq. Yopigʻlik qozon yopigʻligicha qolaversin. Ichkarida nima boʻlsa, boʻlaversin. Ichkaridagi gap tashqariga chiqmasligi kerak.

Lekin Allohning bilishi bilan ishlari yoʻq.

Asosiy aybdorga–xotinga nima jazo? Oʻz ahlidan boʻlgan shohidning oldida fahsh ishga uringani ashyoviy dalil bilan sobit boʻlgan xotinga er nima jazo belgilaydi? Buning jazosi ham oʻsha zodagon tabaqaning oʻziga xos:

«Sen, xotin, gunohingga istigʻfor ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan boʻlding», – dedi».

Sen xato qilding. Seni har qanday jazoga tortsa boʻladi, mayli, gunohingga istigʻfor aytib, kechirim soʻrab qoʻysang, boʻldi. Shu bilan ish bitadi.

Lekin har qancha urinmasinlar, baribir, shahar ayollari oʻrtasida bu gap tarqab ketdi. Chunki zebu ziynatga, ayshu ishrat, kayfu safoga berilgan tabaqaga shunaqa ish kerak, bir gapning uchini topsalar, boʻldi, unga qoʻshib-chatib, olamga doston qilib yuboradilar.