QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят28

فَلَمَّا رَءَا قَمِيصَهُۥ قُدَّ مِن دُبُرٍ قَالَ إِنَّهُۥ مِن كَيْدِكُنَّ ۖ إِنَّ كَيْدَكُنَّ عَظِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Er uning ko`ylagining ort tomonidan yirtilganini ko`rgan paytda: «Albatta, bu (ish) siz xotinlarning makringizdir. Albatta, siz xotinlarning makri juda zo`rdir», – dedi.Эр унинг кўйлагининг орт томонидан йиртилганини кўрган пайтда: «Албатта, бу (иш) сиз хотинларнинг макрингиздир. Албатта, сиз хотинларнинг макри жуда зўрдир», – деди.Alauddin Mansour: Endi qachonki (Zulayhoning eri Yusufning) koʻylagi orqa tomonidan yirtilganini koʻrgach: «(Ey ayollar-a), albatta bu (ish) sizlarning makr-hiylalaringizdandir. Darhaqiqat, sizlarning makrlaringiz juda zoʻrdir».Энди қачонки (Зулайҳонинг эри Юсуфнинг) кўйлаги орқа томонидан йиртилганини кўргач: «(Эй аёллар-а), албатта бу (иш) сизларнинг макр-ҳийлаларингиздандир. Дарҳақиқат, сизларнинг макрларингиз жуда зўрдир».

238-sahifa · 12-juz · 24-hizb238-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиرَءَا(er) koʻrdi(эр) кўрдиقَمِيصَهُۥuning koʻylaginiунинг кўйлагиниقُدَّyirtilganйиртилганمِن-dan-данدُبُرٍۢort tomonорт томонقَالَdediдедиإِنَّهُۥalbatta, bu (ish)албатта, бу (иш)مِن-dan-данكَيْدِكُنَّ ۖsiz xotinlarning makringizсиз хотинларнинг макрингизإِنَّalbattaалбаттаكَيْدَكُنَّsiz xotinlarning makriсиз хотинларнинг макриعَظِيمٌۭjuda zoʻrdirжуда зўрдир
TafsirТафсир

Er Yusufning koʻylagi ort tomonidan yirtilganini koʻrgach, hamma narsani tushundi. Lekin bu ishga oddiy qaradi. Oʻziga oʻxshagan oqbilaklarga oʻxshab, xotiniga bir narsa demadi. Ochiq-oydin aybdor boʻlib turgan xotinga bir ogʻiz ham gap aytmay, umumiy qilib:

«Albatta, bu (ish) siz xotinlarning makringizdir. Albatta, siz xotinlarning makri juda zoʻrdir», – dedi».

Xuddi, aybni hamma xotinlar qilgandek edi. Xuddi, bu aybni barcha xotinlar qiladigandek edi. Shu bilan oʻzini oʻzi aldagan oqbilak er oʻziga xiyonat qilayotganida ustidan chiqib qolgan xotiniga ham biror ogʻiz gap aytishga yaramadi.

Bir oz oʻtib, xiyonatchi xotinning oqbilak eri Yusufga qarab: