وَإِن كَانَ قَمِيصُهُۥ قُدَّ مِن دُبُرٍ فَكَذَبَتْ وَهُوَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar uning ko`ylagi ort tomondan yirtilgan bo`lsa, bas, xotin yolg`on gapiribdir, u rostgo`ylardandir», – dedi.Агар унинг кўйлаги орт томондан йиртилган бўлса, бас, хотин ёлғон гапирибдир, у ростгўйлардандир», – деди.Alauddin Mansour: Agar koʻylagi orqa tomondan yirtilgan boʻlsa, u holda (Zulayho)ning gapi yolgʻondir va (Yusuf) rostgoʻylardan boʻlur».Агар кўйлаги орқа томондан йиртилган бўлса, у ҳолда (Зулайҳо)нинг гапи ёлғондир ва (Юсуф) ростгўйлардан бўлур».
Yusuf xotinning boʻhtonini rad etib, ochiqchasiga:
«Uning oʻzi mening nafsimni xohladi», deganidan soʻng kim haq ekanini aniqlash zaruratga aylandi. Bunday hollarda bir tomonning foydasiga, ikkinchi tomonning zarariga hukm chiqarib, haqni izhor qilish uchun dalil kerak boʻladi. Xuddi shu ishga xotinning ahlidan bir kishi guvohlik berdi. U guvoh kim ekanligi, yoshi, qachon kelgani, voqeadan qandoq xabardor boʻlgani aytilmaydi. Lekin muhimi va keragi aytiladi. Aftidan, guvoh aql-zakovatli va tadbirkor hamda odil odam boʻlsa kerak, bu hodisadagi birdan-bir ashyoviy dalildan juda oʻrinli foydalangan. U ham boʻlsa, Yusuf koʻylagining yirtigʻidir. Xotin: «Yusuf menga hamla qildi», demoqda. Yusuf esa: «Yoʻq, uning oʻzi menga hamla qildi», deb rad etmoqda. Voqeani hech kim koʻrmagan. Faqatgina koʻylak yirtilgan. Shunga qarab aniqlash mumkin.
Mazkur guvoh hakamlikni xuddi shu birdan-bir nozik nuqtadan chiqardi.
«U(xotin)ning ahlidan bir guvoh guvohlik berdi va: «Agar uning koʻylagi old tomondan yirtilgan boʻlsa, bas, xotin rost aytibdi, u yolgʻonchilardandir...»
Agar koʻylak old tomondan yirtilgan boʻlsa, Yusuf hamla qilgan, xotin esa, himoyalanish chogʻida koʻylakning oldidan yirtib olgan boʻladi. U holda xotinning daʼvosi toʻgʻri, Yusuf yolgʻonchi boʻladi.
«Agar uning koʻylagi ort tomondan yirtilgan boʻlsa, bas, xotin yolgʻon gapiribdi, u rostgoʻylardandir», – dedi.»
Agar koʻylak ort tomondan yirtilgan boʻlsa, xotin hamla qilgan boʻladi. Xotin qochayotgan Yusufni tutish uchun ortidan tashlanib, koʻylakni yirtgan boʻladi. U holda xotin yolgʻon gapirgan, Yusuf esa, rostgoʻy boʻladi. Oqilona gap, odilona hukm.