QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят26

قَالَ هِىَ رَٰوَدَتْنِى عَن نَّفْسِى ۚ وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِّنْ أَهْلِهَآ إِن كَانَ قَمِيصُهُۥ قُدَّ مِن قُبُلٍ فَصَدَقَتْ وَهُوَ مِنَ ٱلْكَـٰذِبِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Uning o`zi mening nafsimni xohladi», – dedi. U(xotin)ning ahlidan bir guvoh guvohlik berdi va: «Agar uning ko`ylagi old tomondan yirtilgan bo`lsa, bas, xotin rost aytibdir, u yolg`onchilardandir.У: «Унинг ўзи менинг нафсимни хоҳлади», – деди. У(хотин)нинг аҳлидан бир гувоҳ гувоҳлик берди ва: «Агар унинг кўйлаги олд томондан йиртилган бўлса, бас, хотин рост айтибдир, у ёлғончилардандир.Alauddin Mansour: (Yusuf) aytdi: «Uning oʻzi meni yoʻldan urmoqchi boʻldi». (Shu payt Zulayhoning) urugʻlaridan biri guvohlik berib (dedi): «Agar uning koʻylagi old tomondan yirtilgan boʻlsa, u holda (Zulayhoning) gapi rostdir va (Yusuf) yolgʻonchilardandir.(Юсуф) айтди: «Унинг ўзи мени йўлдан урмоқчи бўлди». (Шу пайт Зулайҳонинг) уруғларидан бири гувоҳлик бериб (деди): «Агар унинг кўйлаги олд томондан йиртилган бўлса, у ҳолда (Зулайҳонинг) гапи ростдир ва (Юсуф) ёлғончилардандир.

238-sahifa · 12-juz · 24-hizb238-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَ(Yusuf) dedi(Юсуф) дедиهِىَuning oʻziунинг ўзиرَٰوَدَتْنِىxohladiхоҳладиعَن-dan-данنَّفْسِى ۚmening nafsimменинг нафсимوَشَهِدَva guvohlik berdiва гувоҳлик бердиشَاهِدٌۭbir guvohбир гувоҳمِّنْ-dan-данأَهْلِهَآuning ahliунинг аҳлиإِنagarагарكَانَboʻlsaбўлсаقَمِيصُهُۥuning koʻylagiунинг кўйлагиقُدَّyirtilganйиртилганمِن-dan-данقُبُلٍۢold tomonолд томонفَصَدَقَتْbas, xotin rost aytibdirбас, хотин рост айтибдирوَهُوَva uва уمِنَ-dan-данٱلْكَـٰذِبِينَyolgʻonchilarёлғончилар
TafsirТафсир

Yusuf xotinning boʻhtonini rad etib, ochiqchasiga:

«Uning oʻzi mening nafsimni xohladi», deganidan soʻng kim haq ekanini aniqlash zaruratga aylandi. Bunday hollarda bir tomonning foydasiga, ikkinchi tomonning zarariga hukm chiqarib, haqni izhor qilish uchun dalil kerak boʻladi. Xuddi shu ishga xotinning ahlidan bir kishi guvohlik berdi. U guvoh kim ekanligi, yoshi, qachon kelgani, voqeadan qandoq xabardor boʻlgani aytilmaydi. Lekin muhimi va keragi aytiladi. Aftidan, guvoh aql-zakovatli va tadbirkor hamda odil odam boʻlsa kerak, bu hodisadagi birdan-bir ashyoviy dalildan juda oʻrinli foydalangan. U ham boʻlsa, Yusuf koʻylagining yirtigʻidir. Xotin: «Yusuf menga hamla qildi», demoqda. Yusuf esa: «Yoʻq, uning oʻzi menga hamla qildi», deb rad etmoqda. Voqeani hech kim koʻrmagan. Faqatgina koʻylak yirtilgan. Shunga qarab aniqlash mumkin.

Mazkur guvoh hakamlikni xuddi shu birdan-bir nozik nuqtadan chiqardi.

«U(xotin)ning ahlidan bir guvoh guvohlik berdi va: «Agar uning koʻylagi old tomondan yirtilgan boʻlsa, bas, xotin rost aytibdi, u yolgʻonchilardandir...»

Agar koʻylak old tomondan yirtilgan boʻlsa, Yusuf hamla qilgan, xotin esa, himoyalanish chogʻida koʻylakning oldidan yirtib olgan boʻladi. U holda xotinning daʼvosi toʻgʻri, Yusuf yolgʻonchi boʻladi.

«Agar uning koʻylagi ort tomondan yirtilgan boʻlsa, bas, xotin yolgʻon gapiribdi, u rostgoʻylardandir», – dedi.»

Agar koʻylak ort tomondan yirtilgan boʻlsa, xotin hamla qilgan boʻladi. Xotin qochayotgan Yusufni tutish uchun ortidan tashlanib, koʻylakni yirtgan boʻladi. U holda xotin yolgʻon gapirgan, Yusuf esa, rostgoʻy boʻladi. Oqilona gap, odilona hukm.