وَٱسْتَبَقَا ٱلْبَابَ وَقَدَّتْ قَمِيصَهُۥ مِن دُبُرٍ وَأَلْفَيَا سَيِّدَهَا لَدَا ٱلْبَابِ ۚ قَالَتْ مَا جَزَآءُ مَنْ أَرَادَ بِأَهْلِكَ سُوٓءًا إِلَّآ أَن يُسْجَنَ أَوْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Eshik tomon chopishdi. Xotin uning ko`ylagini orqasidan yulib oldi. Eshik oldida u(xotin)ning xojasiga duch kelishdi. U(xotin): «Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi faqatgina qamalmoq yoki alamli azobdir», – dedi.Эшик томон чопишди. Хотин унинг кўйлагини орқасидан юлиб олди. Эшик олдида у(хотин)нинг хожасига дуч келишди. У(хотин): «Сенинг аҳлингга ёмонлик хоҳлаганнинг жазоси фақатгина қамалмоқ ёки аламли азобдир», – деди.Alauddin Mansour: (Ikkalasi ham) eshik tomonga chopishdi va (Zulayho Yusufga yetib olib) uning koʻylagini orqa tomondan yirtib yubordi. Eshik oldida esa (Zulayhoning) xojasi — eriga yoʻliqib qolishdi. (Shunda Zulayho eriga qarab): «Sening oilangga yomonlik qilmoqchi boʻlgan kimsaning jazosi yo zindon, yoki alamli azobdir», dedi.(Иккаласи ҳам) эшик томонга чопишди ва (Зулайҳо Юсуфга етиб олиб) унинг кўйлагини орқа томондан йиртиб юборди. Эшик олдида эса (Зулайҳонинг) хожаси — эрига йўлиқиб қолишди. (Шунда Зулайҳо эрига қараб): «Сенинг оилангга ёмонлик қилмоқчи бўлган кимсанинг жазоси ё зиндон, ёки аламли азобдир», деди.
Xotinning nafsi shu darajaga yetgan ediki, Yusufga intilibgina qolmay, uni quvishga tushdi. Yusuf ham fohisha ishga umuman bormasligining taʼkidi sifatida eshik tomon qochdi. Xotin qochayotgan Yusufning koʻylagidan ushlab tortgan edi, koʻylakning bir parchasi qoʻlida yulinib qoldi. Shu payt kutilmagan ish sodir boʻldi:
«Eshik oldida u(xotin)ning xojasiga duch kelishdi».
Xotinning eri kelib qoldi. Nima qilish kerak?
Makkor xotin oʻzini yoʻqotmay, darhol hujumga oʻtdi:
«Sening ahlingga yomonlik xohlaganning jazosi faqatgina qamalmoq yoki alamli azobdir», – dedi».
Yaʼni, Yusuf menga–sening ahlingga yomon niyat bilan hamla etdi, buzuqlik qilishni xohladi. Endi uning jazosi yoki qamoq, yoki alamli azob boʻlishi kerak, dedi.
Xotinning bu boʻhtoni qarshisida Yusuf ham jim turmadi: