QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят24

وَلَقَدْ هَمَّتْ بِهِۦ ۖ وَهَمَّ بِهَا لَوْلَآ أَن رَّءَا بُرْهَـٰنَ رَبِّهِۦ ۚ كَذَٰلِكَ لِنَصْرِفَ عَنْهُ ٱلسُّوٓءَ وَٱلْفَحْشَآءَ ۚ إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُخْلَصِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, xotin unga intildi. U ham, agar Robbining burhon(hujjat)ini ko`rmaganida, u(xotin)ga intilar edi. Undan yomonlik va fahsh ishlarni uzoqlashtirish uchun shunday qildik. Albatta, u Bizning muxlis bandalarimizdandir.Батаҳқиқ, хотин унга интилди. У ҳам, агар Роббининг бурҳон(ҳужжат)ини кўрмаганида, у(хотин)га интилар эди. Ундан ёмонлик ва фаҳш ишларни узоқлаштириш учун шундай қилдик. Албатта, у Бизнинг мухлис бандаларимиздандир.Alauddin Mansour: Haqiqatan, (Zulayho) unga (yaʼni, Yusufning visoliga) intildi. Agar Parvardigorining ochiq hujjat-alomatini koʻrmaganida, (Yusuf) ham unga (Zulayhoga) moyil boʻlar edi. Undan (Yusufdan) yomonlik va buzuqlikni chetlatish uchun mana shunday qildik (yaʼni, uni Oʻz hifzu himoyatimizda asradik). Zero, u pokiza (paygʻambarlikka tanlangan, muxlis) bandalarimizdandir.Ҳақиқатан, (Зулайҳо) унга (яъни, Юсуфнинг висолига) интилди. Агар Парвардигорининг очиқ ҳужжат-аломатини кўрмаганида, (Юсуф) ҳам унга (Зулайҳога) мойил бўлар эди. Ундан (Юсуфдан) ёмонлик ва бузуқликни четлатиш учун мана шундай қилдик (яъни, уни Ўз ҳифзу ҳимоятимизда асрадик). Зеро, у покиза (пайғамбарликка танланган, мухлис) бандаларимиздандир.

238-sahifa · 12-juz · 24-hizb238-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқهَمَّتْ(xotin) intildi(хотин) интилдиبِهِۦ ۖungaунгаوَهَمَّva intilar ediва интилар эдиبِهَاunga (xotinga)унга (хотинга)لَوْلَآagar boʻlmaganidaагар бўлмаганидаأَن-ki-киرَّءَاu koʻrganiу кўрганиبُرْهَـٰنَburhon-hujjatiniбурҳон-ҳужжатиниرَبِّهِۦ ۚRobbiningРоббинингكَذَٰلِكَshundayшундайلِنَصْرِفَBiz uzoqlashtirishimiz uchunБиз узоқлаштиришимиз учунعَنْهُundanунданٱلسُّوٓءَyomonlikniёмонликниوَٱلْفَحْشَآءَ ۚva fahsh ishlarniва фаҳш ишларниإِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уمِنْ-dan-данعِبَادِنَاBizning bandalarimizБизнинг бандаларимизٱلْمُخْلَصِينَmuxlisмухлис
TafsirТафсир

Yusuf gapga kirmay, uning taklifini rad etgandan keyin, xotin niyatiga yetish uchun unga tomon intilib qoldi. Aslida, bunaqa paytlarda erkak kishi ayolga intilmasmidi? Holbuki, Yusuf erkakligi komil inson edi. Unda ham boshqa erkaklarda boʻlgani kabi mayl bor edi. U ham ayolga intilishi mumkin edi. Ammo uning boshqalardan farqli joyi–Robbining burhon(hujjat)ini koʻrgan edi, oʻshanday dalilni koʻrib turib ham harom ishga yurganida, haqiqiy moʻmin boʻlolmas edi. Agar shu holat boʻlmaganida, u ham xotinga intilgan boʻlardi.

Bularning hammasi Allohning inoyati ila boʻlmoqda.

«Undan yomonlik va fahsh ishlarni uzoqlashtirish uchun shunday qildik.»

Biz qilgan tadbir tufayli u yomonlik va fahsh ishlardan, jumladan, hojasining ayoli xohlagan buzuqlikdan ham uzoq boʻldi. Unga bunchalik ishlarni ravo koʻrganimiz behuda emas:

«Albatta, u Bizning muxlis bandalarimizdandir».

Xotin Yusufga intilib, u xotindan qochib: