QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят23

وَرَٰوَدَتْهُ ٱلَّتِى هُوَ فِى بَيْتِهَا عَن نَّفْسِهِۦ وَغَلَّقَتِ ٱلْأَبْوَٰبَ وَقَالَتْ هَيْتَ لَكَ ۚ قَالَ مَعَاذَ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ رَبِّىٓ أَحْسَنَ مَثْوَاىَ ۖ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّـٰلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U uyida bo`lgan ayol undan nafsini xohladi. Eshiklarni berkitib: «Bu yoqqa kel!» – dedi. U: «Alloh saqlasin! Axir, u joyimni yaxshilab bergan xojam-ku! Albatta, zolimlar najot topmaslar», – dedi.У уйида бўлган аёл ундан нафсини хоҳлади. Эшикларни беркитиб: «Бу ёққа кел!» – деди. У: «Аллоҳ сақласин! Ахир, у жойимни яхшилаб берган хожам-ку! Албатта, золимлар нажот топмаслар», – деди.Alauddin Mansour: U (Yusuf) uyida boʻlgan ayol (yaʼni, Zulayho, uning husnu malohatiga oshiqi beqaror boʻlib) uni yoʻldan urmoqchi boʻldi. Eshiklarni mahkam berkitib «kelaqolgin», deganida, (Yusuf) aytdi: «Alloh saqlasin. Axir u (yaʼni, ering) menga yaxshi joylar bergan xojam-ku! Albatta, zolim kimsalar (yaʼni, zinokorlar) aslo najot topmaslar».У (Юсуф) уйида бўлган аёл (яъни, Зулайҳо, унинг ҳусну малоҳатига ошиқи беқарор бўлиб) уни йўлдан урмоқчи бўлди. Эшикларни маҳкам беркитиб «келақолгин», деганида, (Юсуф) айтди: «Аллоҳ сақласин. Ахир у (яъни, эринг) менга яхши жойлар берган хожам-ку! Албатта, золим кимсалар (яъни, зинокорлар) асло нажот топмаслар».

238-sahifa · 12-juz · 24-hizb238-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَرَٰوَدَتْهُva uni xohladiва уни хоҳладиٱلَّتِىoʻsha ayolўша аёлهُوَu (Yusuf)у (Юсуф)فِى-da-даبَيْتِهَاuning uyiунинг уйиعَن-dan-данنَّفْسِهِۦnafsiniнафсиниوَغَلَّقَتِva berkitdiва беркитдиٱلْأَبْوَٰبَeshiklarniэшикларниوَقَالَتْva dediва дедиهَيْتَbu yoqqa kelбу ёққа келلَكَ ۚsengaсенгаقَالَ(Yusuf) dedi(Юсуф) дедиمَعَاذَpanoh tilaymanпаноҳ тилайманٱللَّهِ ۖAllohdan (Alloh saqlasin)Аллоҳдан (Аллоҳ сақласин)إِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уرَبِّىٓmening xoʻjamменинг хўжамأَحْسَنَyaxshilab berganяхшилаб берганمَثْوَاىَ ۖjoyimniжойимниإِنَّهُۥalbatta, shukiалбатта, шукиلَاemasэмасيُفْلِحُnajot toparlarнажот топарларٱلظَّـٰلِمُونَzolimlarзолимлар
TafsirТафсир

Yaʼni, Yusuf tushgan uydagi ayol–uni karvon egalaridan sotib olgan kishining xotini undan nafsini qondirishini xohladi. U bilan fahsh ish qilmoqchi boʻldi.

«Eshiklarni berkitib: «Bu yoqqa kel!» – dedi.»

Bu tasarrufotlar xotin Yusufni juda ham qattiq sevib, unga yetishishga azmu qaror qilganini koʻrsatadi. Boʻlmasa, ayol kishi hech qachon uyidagi xizmatkor yigitga, eshiklarni berkitib turib, bu yoqqa kel, deb ochiqdan-ochiq aytmaydi. Ammo Yusuf xotin oʻylagan yengiltak yigitlardan emas. U Allohdan qoʻrqadi, Alloh unga har bir narsada toʻgʻri hukm chiqarishni amr qilgan va ilm bergan. Har qanday sharoitda ham harom ishga bormaydi.

«U: «Alloh saqlasin! Axir u joyimni yaxshilab bergan xoʻjam- ku! Albatta, zolimlar najot topmaslar», – dedi.»

Yaʼni, bunday harom ishni qilishdan Alloh saqlasin, demoqda. Keyin, u yaxshilikni unutadigan odam ham emas. Shuning uchun ham, axir u, yaʼni uy egasi–xotinning eri, joyimni yaxshilab bergan xoʻjam-ku, dedi. Menga shuncha yaxshilik qilgan insonga xiyonat etib, xotinining gapiga kirib, fahsh ish qilamanmi? Agar shunday qiladigan boʻlsam, zolimlardan boʻlaman.

«Albatta, zolimlar najot topmaslar, – dedi.»

Ammo xotinning zulm, xiyonat, adolat, rioyat, Allohdan qoʻrqish, degan narsalar bilan ishi yoʻq edi.