QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят22

وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥٓ ءَاتَيْنَـٰهُ حُكْمًا وَعِلْمًا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Voyaga yetgan vaqtida unga hukmni va ilmni berdik. Go`zal ish qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.Вояга етган вақтида унга ҳукмни ва илмни бердик. Гўзал иш қилгувчиларни шундай мукофотлармиз.Alauddin Mansour: Qachonki (Yusuf) voyaga yetgach, unga hikmat va bilim berdik. Biz chiroyli amal qilguvchi zotlarni mana shunday mukofotlaymiz.Қачонки (Юсуф) вояга етгач, унга ҳикмат ва билим бердик. Биз чиройли амал қилгувчи зотларни мана шундай мукофотлаймиз.

237-sahifa · 12-juz · 24-hizb237-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَّاva qachonkiва қачонкиبَلَغَyetganidaетганидаأَشُدَّهُۥٓvoyagaвоягаءَاتَيْنَـٰهُunga berdikунга бердикحُكْمًۭاhukmniҳукмниوَعِلْمًۭا ۚva ilmniва илмниوَكَذَٰلِكَva shundayва шундайنَجْزِىmukofotlarmizмукофотлармизٱلْمُحْسِنِينَgoʻzal ish qilguvchilarniгўзал иш қилгувчиларни
TafsirТафсир

Yaʼni, Yusuf voyaga yetganda unga hamma narsada toʻgʻri hukm chiqarish va ilm fazlini berdik. Bu fazl unga goʻzal amal qilgani uchun berildi. Biz:

«Goʻzal ish qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz».

Yusuf voyaga yetib, har bir ishda toʻgʻri hukm chiqaradigan sohibi ilm boʻlgan chogʻida yana imtihonga uchradi: