وَقَالَ ٱلَّذِى ٱشْتَرَىٰهُ مِن مِّصْرَ لِٱمْرَأَتِهِۦٓ أَكْرِمِى مَثْوَىٰهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوْ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدًا ۚ وَكَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلِنُعَلِّمَهُۥ مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ ۚ وَٱللَّهُ غَالِبٌ عَلَىٰٓ أَمْرِهِۦ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va uni Misrda sotib olgan (odam) o`z xotiniga: «Uni yaxshilab joylashtir, shoyad, bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak», – dedi. Mana shunday qilib, unga tushlarning ta'birini o`rgatishimiz uchun Yusufni joylashtirib qo`ydik. Alloh O`z ishida g`olibdir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar.Ва уни Мисрда сотиб олган (одам) ўз хотинига: «Уни яхшилаб жойлаштир, шояд, бизга манфаат берса ёки бола қилиб олсак», – деди. Мана шундай қилиб, унга тушларнинг таъбирини ўргатишимиз учун Юсуфни жойлаштириб қўйдик. Аллоҳ Ўз ишида ғолибдир. Лекин одамларнинг кўпи билмаслар.Alauddin Mansour: Uni Misrdan sotib olgan (Misr shahrining hokimi — Qitfiyr degan) kishi xotini (Zulayho)ga: «Uni yaxshilab joylashtirgin. Shoyad bizga biron foydasi tegib qolsa yoki oʻzimizga bola qilib olarmiz», dedi. Mana shunday qilib (yaʼni, oʻlimdan, chohdan qutqarib va Misr hokimining koʻnglini moyil qilish bilan) Yusufni — unga barcha tushlarning taʼbirini bildirish uchun, — oʻsha yerga (Misr hokimining uyiga) joylashtirib qoʻydik. Alloh Oʻz ishida gʻolibdir (yaʼni, Uni Oʻzi xohlagan ishni qilishdan hech kim manʼ qila olmaydi), lekin odamlarning koʻplari (buni) bilmaydilar.Уни Мисрдан сотиб олган (Миср шаҳрининг ҳокими — Қитфийр деган) киши хотини (Зулайҳо)га: «Уни яхшилаб жойлаштиргин. Шояд бизга бирон фойдаси тегиб қолса ёки ўзимизга бола қилиб олармиз», деди. Мана шундай қилиб (яъни, ўлимдан, чоҳдан қутқариб ва Миср ҳокимининг кўнглини мойил қилиш билан) Юсуфни — унга барча тушларнинг таъбирини билдириш учун, — ўша ерга (Миср ҳокимининг уйига) жойлаштириб қўйдик. Аллоҳ Ўз ишида ғолибдир (яъни, Уни Ўзи хоҳлаган ишни қилишдан ҳеч ким манъ қила олмайди), лекин одамларнинг кўплари (буни) билмайдилар.
Ushbu oyatdan tijoratchilar Yusufni Misrga olib kelib sotganlari maʼlum boʻlmoqda.
«Va uni Misrda sotib olgan (odam) oʻz xotiniga: «Uni yaxshilab joylashtir, shoyad, bizga manfaat bersa yoki bola qilib olsak», dedi.»
Bu odam Yusufni koʻrishi bilanoq unda yaxshilik borligini, oddiy qul emasligini anglagan koʻrinadi. Boʻlmasa, kim ham oʻzi sotib olgan qulni yaxshilab joylashtirishni xotiniga buyurib, qul bolani farzand qilib olishni niyat etardi. Alloh taolo har ishga qodir. Akalari tomonidan quduqqa tashlangan, savdogarlar tomonidan qul qilib sotilgan, bir ish qilishga ixtiyori yoʻq Yusuf haqida Alloh taolo:
«Mana shunday qilib, unga tushlarning taʼbirini oʻrgatishimiz uchun Yusufni joylashtirib qoʻydik», deb xabar bermoqda.
Allohning tadbiri boʻlmasa, karvon qayoqdayu quduq qaʼrida oʻtirgan Yusuf qayoqda? Karvon toʻxtamay, oʻtib ketsa ham boʻlaverardi. Ammo toʻxtadi. Suvchisini yubordi. U Yusufni koʻrdi. Uni sotib, foyda qilishmoqchi ham boʻldilar. Berkitib qoʻyishmasa, birorta mahalliy odam uni koʻrib, Misrga bormay qolib ketishi ham mumkin edi. Lekin Alloh ularning koʻngliga berkitib qoʻyishni soldi. Uni Misrda sotib olgan kishining qalbida esa, mehr-shafqat uygʻotdi. Mana shunday qilib, uni eng yaxshi joyga joylashtirdi. Bu ham kelajakda boʻladigan ulugʻ ishlar tomon bir qadam siljish edi.
«Alloh Oʻz ishida gʻolibdir.»
Folib sifati ila U zot yuqorida aytilganlarni qildi.
«Lekin odamlarning koʻpi bilmaslar.»
Jumladan, Yusufning akalari ham bilmaydilar.