QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят44

قَالُوٓا۟ أَضْغَـٰثُ أَحْلَـٰمٍ ۖ وَمَا نَحْنُ بِتَأْوِيلِ ٱلْأَحْلَـٰمِ بِعَـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Bu alg`ov-dalg`ov tushdir. Biz bunday tushlarning ta'birini biluvchi emasmiz», – dedilar.Улар: «Бу алғов-далғов тушдир. Биз бундай тушларнинг таъбирини билувчи эмасмиз», – дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Bu aloq-chaloq tushlar ekan. Biz bunday tushlarning taʼbirini bilguvchi emasmiz».Улар дедилар: «Бу алоқ-чалоқ тушлар экан. Биз бундай тушларнинг таъбирини билгувчи эмасмиз».

241-sahifa · 12-juz · 24-hizb241-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوٓا۟dedilarдедиларأَضْغَـٰثُalgʻov-dalgʻovалғов-далғовأَحْلَـٰمٍۢ ۖtushlardirтушлардирوَمَاva emasва эмасنَحْنُbizбизبِتَأْوِيلِtaʼbiriniтаъбириниٱلْأَحْلَـٰمِtushlarningтушларнингبِعَـٰلِمِينَbiluvchilarбилувчилар
TafsirТафсир

Biz «algʻov-dalgʻov tush» deb tarjima qilgan maʼno oyatda «adgʻosu ahlomin» deb kelgan. Arab tilida «adgʻos» deb hoʻlu quruq aralash oʻt bogʻlamiga aytiladi, «ahlom» esa, «hulm»ning jami boʻlib, «uyquda koʻrilgan boʻsh xayol» maʼnosida ishlatiladi.

Aslida, aʼyonlar podshoh tushining yaxshilikka dalolat qilmasligini bilsalar ham, qandaydir koʻngilsizlikka ishora ekanligini anglasalar ham, bu haqda hech narsa demadilar.

Bu–hukmdorlar atrofidagi aʼyonlarning doimiy odatidir. Hukmdorga yoqadigan gaplarni tashishda bir-biri bilan musobaqa qilishadi. Ammo unga yoqmaydigan gap boʻlsa, aytishdan oʻzlarini tortadilar. Misr podshohining aʼyonlari ham xuddi shu ishni qildilar. Oʻzlarini chetga olib, bu algʻov-dalgʻov tush ekan, bunaqa tushlarning taʼbirini bilmaymiz, deb qutuldilar.

Podshoh huzurida aʼyonlar ishtirokida tush haqida bahs qiziganda, oʻsha yerda xizmat qilib yurgan soqiyning esiga qamoqda tushining taʼbirini aytib bergan shaxs, yaʼni Yusuf alayhissalom tushdi. Uning tush taʼbirini aytishdagi ilmini hayotida sinab koʻrganidan, u haqida jamoatga, podshohga xabar berishni lozim topdi.