QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят45

وَقَالَ ٱلَّذِى نَجَا مِنْهُمَا وَٱدَّكَرَ بَعْدَ أُمَّةٍ أَنَا۠ أُنَبِّئُكُم بِتَأْوِيلِهِۦ فَأَرْسِلُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ikkisidan najot topgani ancha muddat o`tgandan so`ng xotirlab: «Buning ta'birining xabarini sizga men beraman. Meni yuboring», – dedi.Ва иккисидан нажот топгани анча муддат ўтгандан сўнг хотирлаб: «Бунинг таъбирининг хабарини сизга мен бераман. Мени юборинг», – деди.Alauddin Mansour: (Shunda) haligi ikki (mahbus)ning zindondan qutulib chiqqani, shuncha muddat oʻtgach, endi (Yusufning soʻzlari) yodiga tushib, dedi: «Uning taʼbirini sizlarga men aytib berurman, faqat meni (zindonda yotgan Yusufning oldiga) yuboringlar».(Шунда) ҳалиги икки (маҳбус)нинг зиндондан қутулиб чиққани, шунча муддат ўтгач, энди (Юсуфнинг сўзлари) ёдига тушиб, деди: «Унинг таъбирини сизларга мен айтиб берурман, фақат мени (зиндонда ётган Юсуфнинг олдига) юборинглар».

241-sahifa · 12-juz · 24-hizb241-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dediва дедиٱلَّذِىoʻsha kishiўша кишиنَجَاnajot topganнажот топганمِنْهُمَاikkisidanиккисиданوَٱدَّكَرَva xotirlabва хотирлабبَعْدَkeyinкейинأُمَّةٍancha muddatdanанча муддатданأَنَا۠menменأُنَبِّئُكُمsizga xabar beramanсизга хабар бераманبِتَأْوِيلِهِۦuning taʼbiridanунинг таъбириданفَأَرْسِلُونِbas, meni yuboringбас, мени юборинг
TafsirТафсир

Yaʼni, Yusuf alayhissalom bilan qamoqda boʻlgan ikki yigitdan qutulib chiqqani bir necha yillar oʻtgandan soʻng Yusufni va uning tush taʼbiri bilimdoni ekanini xotirlab, podshoh va aʼyonlarga:

«Bu tushning taʼbirining xabarini sizga men beraman. Meni yuboring», dedi.

Yaʼni, meni Yusufning huzuriga yuboring, dedi. Uni yubordilar. U qamoqqa kirib, Yusufni topdi, unga qarab: