QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят47

قَالَ تَزْرَعُونَ سَبْعَ سِنِينَ دَأَبًا فَمَا حَصَدتُّمْ فَذَرُوهُ فِى سُنۢبُلِهِۦٓ إِلَّا قَلِيلًا مِّمَّا تَأْكُلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ketma-ket yetti yil ziroat qilasizlar. Yig`ishtirib olgan hosilingizni boshog`ida qoldiring. Magar ozgina yeydiganingizni (qoldirmasangiz ham bo`lur).У: «Кетма-кет етти йил зироат қиласизлар. Йиғиштириб олган ҳосилингизни бошоғида қолдиринг. Магар озгина ейдиганингизни (қолдирмасангиз ҳам бўлур).Alauddin Mansour: (Yusuf) dedi: «Sizlar paydar-pay yetti yil (don) ekinglar. Keyin oʻrib olgan hosilingizni (buzilmasin uchun) oʻz boshogʻida qoldiringlar, magar yeydigan ozgina ozuqalaringiznigina (yanchib olinglar).(Юсуф) деди: «Сизлар пайдар-пай етти йил (дон) экинглар. Кейин ўриб олган ҳосилингизни (бузилмасин учун) ўз бошоғида қолдиринглар, магар ейдиган озгина озуқаларингизнигина (янчиб олинглар).

241-sahifa · 12-juz · 24-hizb241-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиتَزْرَعُونَziroat qilasizlarзироат қиласизларسَبْعَyettiеттиسِنِينَyilйилدَأَبًۭاketma-ketкетма-кетفَمَاbas, nimaniбас, ниманиحَصَدتُّمْyigʻishtirib olsangizйиғиштириб олсангизفَذَرُوهُuni qoldiringуни қолдирингفِى-da-даسُنۢبُلِهِۦٓboshogʻidaбошоғидаإِلَّاmagarмагарقَلِيلًۭاozginaозгинаمِّمَّاnarsadanнарсаданتَأْكُلُونَyeydiganingizейдиганингиз
TafsirТафсир

Yaʼni, podshoh tushida koʻrgan yettita semiz sigir va yashil boshoqning taʼbiri shulki, yetti yil juda serhosil keladi. U yillarda sizlar ketma-ket don ekib, ziroat qilasizlar. Hosil toʻplaysizlar. Oʻshanda toʻplagan hosillaringizni boshogʻida qoldiring. Yaxshi saqlanadi. Chirimaydi, qurt-qumursqalar teshib ketolmaydi. Faqat, oʻzingiz uchun yeyishga yarashasini olsangiz, boʻlaveradi.