QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят48

ثُمَّ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ سَبْعٌ شِدَادٌ يَأْكُلْنَ مَا قَدَّمْتُمْ لَهُنَّ إِلَّا قَلِيلًا مِّمَّا تُحْصِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, undan keyin yettita shiddatli (yil) kelur, ular oldindan tayyorlab qo`yganingizni yeydilar. Magar, ozgina asrab qo`yganingizgina qolur.Сўнгра, ундан кейин еттита шиддатли (йил) келур, улар олдиндан тайёрлаб қўйганингизни ейдилар. Магар, озгина асраб қўйганингизгина қолур.Alauddin Mansour: Soʻngra oʻsha (serhosil yetti yil)dan keyin yetti yil qahatchilik boʻlib, ular uchun tayyorlab-asrab qoʻygan bor hosilingizni yeb ketar. Magar ozgina (urugʻlik uchun) asrab qoʻygan donlaringizgina qolur.Сўнгра ўша (серҳосил етти йил)дан кейин етти йил қаҳатчилик бўлиб, улар учун тайёрлаб-асраб қўйган бор ҳосилингизни еб кетар. Магар озгина (уруғлик учун) асраб қўйган донларингизгина қолур.

241-sahifa · 12-juz · 24-hizb241-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграيَأْتِىkeladiкеладиمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинذَٰلِكَoʻshandanўшанданسَبْعٌۭyettita (yil)еттита (йил)شِدَادٌۭshiddatliшиддатлиيَأْكُلْنَular yeydilarулар ейдиларمَاnarsaniнарсаниقَدَّمْتُمْoldindan tayyorlaganолдиндан тайёрлаганلَهُنَّular uchunулар учунإِلَّاmagarмагарقَلِيلًۭاozginaозгинаمِّمَّاnarsadanнарсаданتُحْصِنُونَasrab qoʻyadiganingizасраб қўядиганингиз
TafsirТафсир

Yaʼni, serhosil yetti yildan keyin yana shuncha shiddatli, qahatchilik yillari keladi. Podshohning tushidagi yetti oriq sigir va quruq boshoq shunga ishorat. Oʻsha yetti shiddatli, qahatchilik yili oʻzidan oldingi yetti serobchilik yilini yeydi.

Boshqacha qilib aytganda, yetti moʻl-koʻlchilik yilida toʻplangan hosilni yetti qahatchilik yilida yeysizlar. Faqat urugʻ uchun saqlab qoʻygan ozgina dongina yeyilmay qoladi.