QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят49

ثُمَّ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ عَامٌ فِيهِ يُغَاثُ ٱلنَّاسُ وَفِيهِ يَعْصِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, undan keyin bir yil keladiki, unda odamlar serob qilinurlar va unda (mevalarni) siqurlar», – dedi.Сўнгра, ундан кейин бир йил келадики, унда одамлар сероб қилинурлар ва унда (меваларни) сиқурлар», – деди.Alauddin Mansour: Soʻngra, oʻsha (qahatchilik yillari)dan keyin bir yil kelurki, unda odamlar yogʻingarchilik ostida qolurlar va (turli mevalardan) sharoblar tayyorlab olurlar».Сўнгра, ўша (қаҳатчилик йиллари)дан кейин бир йил келурки, унда одамлар ёғингарчилик остида қолурлар ва (турли мевалардан) шароблар тайёрлаб олурлар».

241-sahifa · 12-juz · 24-hizb241-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграيَأْتِىkeladiкеладиمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинذَٰلِكَoʻshandanўшанданعَامٌۭbir yilбир йилفِيهِundaундаيُغَاثُserob qilinadilarсероб қилинадиларٱلنَّاسُodamlarодамларوَفِيهِva undaва ундаيَعْصِرُونَ(mevalarni) siqadilar(меваларни) сиқадилар
TafsirТафсир

Bu oyatda kelayotgan bashorat podshohning tushidan tashqaridadir. Yaʼni, Misr podshohi koʻrgan tushda bunday yilga taʼbir qilinadigan ishora yoʻq. Bu keyingisi Yusuf alayhissalomning Paygʻambarlik moʻʼjizalaridir. Yetti yillik serobchilikdan keyingi yetti qahatchilik yili tugab, undan soʻng keladigan yilda nihoyatda serobchilik boʻlar ekan. Unda odamlar ustidan baraka yogʻib, farovonlik, moʻl-koʻlchilik boʻlar, odamlar yeganlaridan tashqari, turli mevalarni siqib, lazzatli ichimliklar ham tayyorlashar ekan.

Yusuf alayhissalom soqiyga ushbu gaplarni aytganlaridan keyin bu koʻrinish tamom boʻladi. Kelasi oyatda esa, qissaning navbatdagi bosh- qa bir koʻrinishi tasvirga chiqadi. Unda soqiydan Yusuf alayhissalom aytgan taʼbirni eshitgan Misr podshohining soʻzi keltiriladi: