وَقَالَ ٱلْمَلِكُ ٱئْتُونِى بِهِۦ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُ ٱلرَّسُولُ قَالَ ٱرْجِعْ إِلَىٰ رَبِّكَ فَسْـَٔلْهُ مَا بَالُ ٱلنِّسْوَةِ ٱلَّـٰتِى قَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ ۚ إِنَّ رَبِّى بِكَيْدِهِنَّ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Podshoh: «Uni menga keltiringlar», – dedi. Unga elchi kelgan paytda: «Xo`jang huzuriga qaytib bor va undan qo`llarini kesgan xotinlarning holi nima bo`lganini so`ra, albatta, Robbim ularning makrini bilguvchidir», – dedi.Подшоҳ: «Уни менга келтиринглар», – деди. Унга элчи келган пайтда: «Хўжанг ҳузурига қайтиб бор ва ундан қўлларини кесган хотинларнинг ҳоли нима бўлганини сўра, албатта, Роббим уларнинг макрини билгувчидир», – деди.Alauddin Mansour: (Soqiy podshohning huzuriga qaytib, uning koʻrgan tushini Yusuf qanday taʼbir qilganini aytgach), podshoh dedi: «Uni mening oldimga keltiringiz!» Qachonki (Yusufning oldiga) shoh elchisi kelgach, u: «Xojangning yoniga qaytib borib, (avval) undan oʻz qoʻllarini kesgan ayollar nima boʻlganini soʻra. Albatta, Parvardigorim ularning makrlarini bilguvchidir», dedi.(Соқий подшоҳнинг ҳузурига қайтиб, унинг кўрган тушини Юсуф қандай таъбир қилганини айтгач), подшоҳ деди: «Уни менинг олдимга келтирингиз!» Қачонки (Юсуфнинг олдига) шоҳ элчиси келгач, у: «Хожангнинг ёнига қайтиб бориб, (аввал) ундан ўз қўлларини кесган аёллар нима бўлганини сўра. Албатта, Парвардигорим уларнинг макрларини билгувчидир», деди.
Soqiydan xabarni eshitgan podshoh Yusuf alayhissalomni huzuriga olib kelishni amr etib:
«Uni menga keltiringlar», – dedi».
Podshohning amri bilan elchi tezda Yusuf alayhissalomning oldilariga, qamoqxonaga keldi va xushxabarni yetkazdi. Bunday xabar har qanday odamni quvonchga solishi tabiiy. Beayb holda yillab qamoqda yotgan insonni qamashga amr qilgan odamning oʻzi yaxshi niyatda huzuriga chorlayotir. Bunday paytda har qanday odam chaqiriqqa zudlik bilan «labbay» deb javob berar va podshoh huzuriga uchib borar edi. Ammo, Yusuf alayhissalom bunday qilmadilar. Tush taʼbirini soʻrab kelishganda, umumxalq manfaatini koʻzlab, hech qanday shart qoʻymay, sodiqlik bilan uni taʼbir qilib, koʻrilishi lozim boʻlgan choralarni batafsil soʻzlab bergan edilar, lekin shaxslariga tegishli xabar kelganda, qamoqdan chiqmay turishga qaror qildilar.
«Unga elchi kelgan paytda: «Xoʻjang huzuriga qaytib bor va undan qoʻllarini kesgan xotinlarning holi nima boʻlganini soʻra, albatta, Robbim ularning makrini bilguvchidir», – dedi.»
Yusuf alayhissalom qamoqdan chiqishdan avval podshohga ham, boshqalarga ham oʻzlarining beayb ekanliklarini bildirib qoʻyishni va orani ochiq qilib olishni xohladilar. Qamalishlariga sabab boʻlgan hodisani qayta tekshirishni talab qildilar. Lekin bu ishda ham yuksak odob namunasini koʻrsatdilar. Asosiy aybdorni–Azizning xotinini emas, koʻpchilikni, yaʼni qoʻllarini kesgan xotinlarni esga oldilar. Alloh taolo ishning haqiqatini bilib turibdi, lekin bandalar ham bu haqiqatni bilib qoʻyishini xohladilar. Shu bois ham, elchidan podshoh oldiga qaytib borib, qoʻllarini kesgan xotinlarning hollari nima boʻlganini soʻrashni iltimos qildilar.