QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят51

قَالَ مَا خَطْبُكُنَّ إِذْ رَٰوَدتُّنَّ يُوسُفَ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ قُلْنَ حَـٰشَ لِلَّهِ مَا عَلِمْنَا عَلَيْهِ مِن سُوٓءٍ ۚ قَالَتِ ٱمْرَأَتُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْـَٔـٰنَ حَصْحَصَ ٱلْحَقُّ أَنَا۠ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفْسِهِۦ وَإِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Yusufning nafsini xohlagan vaqtingizdagi ishingiz nima edi?» – dedi. Ular: «Alloh saqlasin! Biz unda biron yomonlik sezmadik», – dedilar. Azizning xotini: «Endi haqiqat zohir bo`ldi. Men uning nafsini xohladim. Albatta, u sodiqlardandir», – dedi.У: «Юсуфнинг нафсини хоҳлаган вақтингиздаги ишингиз нима эди?» – деди. Улар: «Аллоҳ сақласин! Биз унда бирон ёмонлик сезмадик», – дедилар. Азизнинг хотини: «Энди ҳақиқат зоҳир бўлди. Мен унинг нафсини хоҳладим. Албатта, у содиқлардандир», – деди.Alauddin Mansour: (Shunda podshoh u ayollarni toʻplab) dedi: «Yusufni yoʻldan urmoqchi boʻlgan vaqtingizda nima boʻlgan edi (yaʼni, u ham sizlarga mayl koʻrsatganmidi)?» (Ayollar) aytdilar: «Alloh saqlasin! Bizlar undan biron yomonlikni sezmaganmiz». (Misr shahri) hokimining xotini (Zulayho) dedi: «Mana endi haqiqat tantana qildi. Uni men yoʻldan urmoqchi boʻlgan edim. U, shak-shubhasiz, rostgoʻy zotlardandir».(Шунда подшоҳ у аёлларни тўплаб) деди: «Юсуфни йўлдан урмоқчи бўлган вақтингизда нима бўлган эди (яъни, у ҳам сизларга майл кўрсатганмиди)?» (Аёллар) айтдилар: «Аллоҳ сақласин! Бизлар ундан бирон ёмонликни сезмаганмиз». (Миср шаҳри) ҳокимининг хотини (Зулайҳо) деди: «Мана энди ҳақиқат тантана қилди. Уни мен йўлдан урмоқчи бўлган эдим. У, шак-шубҳасиз, ростгўй зотлардандир».

241-sahifa · 12-juz · 24-hizb241-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиمَاnima ediнима эдиخَطْبُكُنَّsizlarning ishingizсизларнинг ишингизإِذْvaqtingizdaвақтингиздаرَٰوَدتُّنَّxohlaganхоҳлаганيُوسُفَYusufningЮсуфнингعَن-dan-данنَّفْسِهِۦ ۚnafsiniнафсиниقُلْنَdedilarдедиларحَـٰشَsaqlasinсақласинلِلَّهِAllohАллоҳمَاemasэмасعَلِمْنَاbiz sezdikбиз сездикعَلَيْهِundaундаمِنbironбиронسُوٓءٍۢ ۚyomonlikёмонликقَالَتِdediдедиٱمْرَأَتُxotiniхотиниٱلْعَزِيزِAzizningАзизнингٱلْـَٔـٰنَendiэндиحَصْحَصَzohir boʻldiзоҳир бўлдиٱلْحَقُّhaqiqatҳақиқатأَنَا۠menменرَٰوَدتُّهُۥuning nafsini xohladimунинг нафсини хоҳладимعَن-dan-данنَّفْسِهِۦnafsiнафсиوَإِنَّهُۥva albatta, uва албатта, уلَمِنَ-dandir-дандирٱلصَّـٰدِقِينَsodiqlarсодиқлар
TafsirТафсир

Nochor holda qolgan, tushning taʼbiridan keyin kelajakda Yusuf alayhissalomga koʻp muhtoj boʻlishini sezgan podshoh u zotning talablarini darhol amalga oshirdi. Xotinlarni toʻplab:

«Yusufning nafsini xohlagan vaqtingizdagi ishingiz nima edi?» – dedi».

Ulardan toʻqlikka shoʻxlik qilib, Yusufning chiroyiga mahliyo boʻlib, uning nafsini xohlab, yoʻldan urishga harakat qilgan paytlarida boʻlib oʻtgan ishlarning tafsilotini, xususan, Yusuf alay- hissalom haqidagi fikrlarini soʻradi. Hamma narsa ayon boʻlganini, inkor qilishdan foyda yoʻq ekanini anglab yetgan xotinlar ochigʻini aytdilar:

«Ular: «Alloh saqlasin! Biz unda biron yomonlik sezmadik», dedilar».

Shu eʼtiroflari bilan shahar ayollari Yusuf alayhissalomni oqladilar. U kishining qamalishiga sabab boʻlgan shaxslar endi kelib, u kishidan hech qanday yomonlik koʻrmaganlarini aytmoqdalar. Vaqtida esa, qamatishga harakat qilgan edilar. Voqeaning asosiy «qahramoni»–Azizning xotini ham shu yerda. U oʻziga alohida savol berilishini kutib turmadi. Haqiqatni koʻpchilik oldida eʼtirof etib:

«Endi haqiqat zohir boʻldi. Men uning nafsini xohladim. Albatta, u sodiqlardandir», – dedi.

Yusuf alayhissalomga muhabbati tushgan bu ayol yana jim turmadi. Hamma narsani ochiq aytdi. Boʻlib oʻtgan ishga oʻzi sababchi boʻlganini, Yusuf alayhissalomda ayb yoʻqligini va u kishi sodiqlardan ekanliklarini koʻpchilik oldida eʼlon qildi. Shu bilan birga, bu qilayotgan tasarrufining sababini ham tushuntirib, quyidagilarni aytdi: