ذَٰلِكَ لِيَعْلَمَ أَنِّى لَمْ أَخُنْهُ بِٱلْغَيْبِ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى كَيْدَ ٱلْخَآئِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, men unga yo`g`ida orqasidan xiyonat qilmaganimni, albatta, Alloh xoinlarning makrini to`g`rilikka yo`llamasligini bilishi uchundir.Бу, мен унга йўғида орқасидан хиёнат қилмаганимни, албатта, Аллоҳ хоинларнинг макрини тўғриликка йўлламаслигини билиши учундир.Alauddin Mansour: (Elchi qaytib kelib, Yusufga boʻlib oʻtgan gaplarni aytib bergach, u dedi): «Buni (yaʼni, oʻzimning begunohligimni isbotlash talabini) men (shahar hokimi) yoʻqligida Unga xiyonat qilmaganimni va Alloh hech qachon xoinlarning ishini oʻnglamasligini (mamlakat shohi) bilishi uchun (qildim)».(Элчи қайтиб келиб, Юсуфга бўлиб ўтган гапларни айтиб бергач, у деди): «Буни (яъни, ўзимнинг бегуноҳлигимни исботлаш талабини) мен (шаҳар ҳокими) йўқлигида Унга хиёнат қилмаганимни ва Аллоҳ ҳеч қачон хоинларнинг ишини ўнгламаслигини (мамлакат шоҳи) билиши учун (қилдим)».
Yaʼni, gunohimni eʼtirof qilib, uning pok ekanini eʼlon etishimdan oʻsha odam bilib qoʻysinki, men unga orqasidan xiyonat qilmadim. Va yana bilsinki, Alloh xiyonatkorlarning makr-hiylasini hech qachon hidoyatga boshlamas.