QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят73

قَالُوا۟ تَٱللَّهِ لَقَدْ عَلِمْتُم مَّا جِئْنَا لِنُفْسِدَ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كُنَّا سَـٰرِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Allohga qasamki, o`zingiz bilasiz, biz yer yuzida fasod uchun kelgan emasmiz, biz o`g`rilar bo`lgan emasmiz», – dedilar.Улар: «Аллоҳга қасамки, ўзингиз биласиз, биз ер юзида фасод учун келган эмасмиз, биз ўғрилар бўлган эмасмиз», – дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Allohga qasamki, bizlar oʻgʻri emasmiz. Axir bizlar bu yerga buzgʻunchilik qilish uchun kelmaganimizni bilasizlar-ku! Bizlar oʻgʻri emasmiz».Улар дедилар: «Аллоҳга қасамки, бизлар ўғри эмасмиз. Ахир бизлар бу ерга бузғунчилик қилиш учун келмаганимизни биласизлар-ку! Бизлар ўғри эмасмиз».

244-sahifa · 13-juz · 25-hizb244-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларتَٱللَّهِAllohga qasamkiАллоҳга қасамкиلَقَدْbatahqiqбатаҳқиқعَلِمْتُمoʻzingiz bilasizўзингиз биласизمَّاemasэмасجِئْنَاbiz kelganбиз келганلِنُفْسِدَfasod qilish uchunфасод қилиш учунفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиوَمَاva emasва эмасكُنَّاbiz boʻlganбиз бўлганسَـٰرِقِينَoʻgʻrilarўғрилар
TafsirТафсир

Ular qasam ichdilar va shu bilan birga, xodimlarga oʻzlarining kim ekanliklarini ular ham bilishlarini eslatdilar.

Yaʼni, kelib-ketib, oʻzaro muomala davomida hukmdorlar ham, xodimlar ham ogʻa-inilarning aslzoda, Paygʻambarzoda, halol-pok kishi ekanliklarini bilgan edilar.

Aka-ukalar oʻzlariga qoʻyilayotgan aybga qarshi oʻsha sifatlarni xodimlarning yodlariga soldilar.

Bu bilan goʻyo:

«Biz oʻgʻrilar boʻlgan emasmiz», – dedilar».

Yaʼni, biz hech qachon oʻgʻrilik qilgan emasmiz, bu amal bizga yot, dedilar.