QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят76

فَبَدَأَ بِأَوْعِيَتِهِمْ قَبْلَ وِعَآءِ أَخِيهِ ثُمَّ ٱسْتَخْرَجَهَا مِن وِعَآءِ أَخِيهِ ۚ كَذَٰلِكَ كِدْنَا لِيُوسُفَ ۖ مَا كَانَ لِيَأْخُذَ أَخَاهُ فِى دِينِ ٱلْمَلِكِ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَـٰتٍ مَّن نَّشَآءُ ۗ وَفَوْقَ كُلِّ ذِى عِلْمٍ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U inisining yukidan oldin ularning yukidan (taftish) boshladi. So`ngra, u(suv idish)ni uning yukidan chiqarib oldi. Shunday qilib, Yusuf foydasiga hiyla qildik. U, podshohning dini bo`yicha inisini olib qola olmas edi. Magar, Alloh xohlasagina, bo`lishi mumkin edi. Kimni xohlasak, o`shaning darajasini ko`taramiz. Har bir ilm egasi ustidan biluvchi bor.У инисининг юкидан олдин уларнинг юкидан (тафтиш) бошлади. Сўнгра, у(сув идиш)ни унинг юкидан чиқариб олди. Шундай қилиб, Юсуф фойдасига ҳийла қилдик. У, подшоҳнинг дини бўйича инисини олиб қола олмас эди. Магар, Аллоҳ хоҳласагина, бўлиши мумкин эди. Кимни хоҳласак, ўшанинг даражасини кўтарамиз. Ҳар бир илм эгаси устидан билувчи бор.Alauddin Mansour: Bas, (Yusufning xizmatkori axtarishni) uning birodari (Binyamin)ning idishidan ilgari ularning (yaʼni, boshqa ogʻa-inilarining) idishlaridan boshladi. Soʻngra uni (Yusufning) birodari idishidan «topib» oldi. Biz Yusufga mana shunday hiyla-tadbirni bildirdik. (Chunki Misr) podshohining dinida u birodarini (oʻgʻrilik qilgani uchun qul qilib) olib qola olmas edi. Magar Allohning xohishi bilan (mazkur hiyla-tadbir vositasidagina olib qoldi). Biz oʻzimiz xohlagan kishilarni yuksak darajalarga koʻtarurmiz. Har bir ilm sohibining ustida (undan ustunroq) bilimdon bordir.Бас, (Юсуфнинг хизматкори ахтаришни) унинг биродари (Бинямин)нинг идишидан илгари уларнинг (яъни, бошқа оға-иниларининг) идишларидан бошлади. Сўнгра уни (Юсуфнинг) биродари идишидан «топиб» олди. Биз Юсуфга мана шундай ҳийла-тадбирни билдирдик. (Чунки Миср) подшоҳининг динида у биродарини (ўғрилик қилгани учун қул қилиб) олиб қола олмас эди. Магар Аллоҳнинг хоҳиши билан (мазкур ҳийла-тадбир воситасидагина олиб қолди). Биз ўзимиз хоҳлаган кишиларни юксак даражаларга кўтарурмиз. Ҳар бир илм соҳибининг устида (ундан устунроқ) билимдон бордир.

244-sahifa · 13-juz · 25-hizb244-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَبَدَأَbas, boshladiбас, бошладиبِأَوْعِيَتِهِمْularning yuklaridanуларнинг юклариданقَبْلَoldinолдинوِعَآءِyukidanюкиданأَخِيهِinisiningинисинингثُمَّsoʻngraсўнграٱسْتَخْرَجَهَاuni chiqarib oldiуни чиқариб олдиمِن-dan-данوِعَآءِyukiюкиأَخِيهِ ۚinisiningинисинингكَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибكِدْنَاhiyla qildikҳийла қилдикلِيُوسُفَ ۖYusuf foydasigaЮсуф фойдасигаمَاemasэмасكَانَediэдиلِيَأْخُذَolib qola olarолиб қола оларأَخَاهُinisiniинисиниفِىboʻyichaбўйичаدِينِdiniдиниٱلْمَلِكِpodshohningподшоҳнингإِلَّآmagarмагарأَن...ki...киيَشَآءَxohlasaхоҳласаٱللَّهُ ۚAllohАллоҳنَرْفَعُkoʻtaramizкўтарамизدَرَجَـٰتٍۢdarajalariniдаражалариниمَّنkimniкимниنَّشَآءُ ۗxohlasakхоҳласакوَفَوْقَva ustidanва устиданكُلِّhar birҳар бирذِىegasiэгасиعِلْمٍilmилмعَلِيمٌۭbiluvchi borбилувчи бор
TafsirТафсир

Yaʼni, Yusuf alayhissalom xodimlariga avval ogʻa-inilarining yuklarini taftish qilishni buyurdilar:

«U inisining yukidan oldin ularning yukidan (taftish) boshladi».

Chunki, birinchi boʻlib, kichik ukaning yuklari taftish qilinsayu yoʻqolgan suv idishni darhol topib olinsa, ogʻa-inilari gumon qilib qolishlari mumkin.

«Soʻngra, u(suv idish)ni uning yukidan chiqarib oldi.»

Navbat kelib, kichik ukaning yuklari taftish qilingan edi, suv idish oʻsha yerdan chiqdi.

«Shunday qilib, Yusuf foydasiga hiyla qildik.»

Yaʼni, tadbir qildik. Agar shunday qilmasak:

«U, podshohning dini boʻyicha, inisini olib qola olmas edi».

Yaʼni, Misr podshohining qonuni boʻyicha, oʻgʻriga boshqa jazo berilar edi, uni olib qolish mumkin emas edi. Shuning uchun, ogʻa- inilarning oʻzlarini eʼtirof qildirib, Yaʼqub alayhissalom dini hukmi boʻyicha amal qilishga–oʻgʻrini olib qolishga yoʻl ochildi.

Bu yerda oʻgʻrini jazolash hukmini podshohning dini deyilmoqda. Demak, din faqat eʼtiqod va baʼzi ibodatlarni ado etishgina emas, balki inson hayotining hamma tomonini qamrab oluvchi hukmlardan ham iborat ekan.

«Magar, Alloh xohlasagina, boʻlishi mumkin edi.»

Shunga oʻxshash biror tadbir bilan olib qolinar edi.

«Kimni xohlasak, oʻshaning darajasini koʻtaramiz.»

Xohlagan edik, Yusufning darajasini koʻtardik.

«Har bir ilm egasi ustidan bilguvchi bor.»

Hamma narsani bilamiz, deb yurganlarning ustidan ham bilguvchi bor. Bu dunyodagi bilguvchilik Alloh taologa borib taqaladi. U hamma bilguvchilar ustidan bilguvchidir.

Kichik ukalarining yukidan suv idishning chiqqanini koʻrib, akalar dahshatga tushdilar.