قَالَ مَعَاذَ ٱللَّهِ أَن نَّأْخُذَ إِلَّا مَن وَجَدْنَا مَتَـٰعَنَا عِندَهُۥٓ إِنَّآ إِذًا لَّظَـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishimizdan Alloh saqlasin. Aks holda, albatta, zolimlardan bo`lib qolamiz», – dedi.У: «Нарсамизни ҳузуридан топган одамдан бошқани олиб қолишимиздан Аллоҳ сақласин. Акс ҳолда, албатта, золимлардан бўлиб қоламиз», – деди.Alauddin Mansour: (Yusuf) aytdi: «Narsamizni idishidan topib olgan kimsadan oʻzgani olib qolishdan Alloh saqlasin. Aks holda shak-shubhasiz, zolim kimsalardan boʻlib qolurmiz».(Юсуф) айтди: «Нарсамизни идишидан топиб олган кимсадан ўзгани олиб қолишдан Аллоҳ сақласин. Акс ҳолда шак-шубҳасиз, золим кимсалардан бўлиб қолурмиз».
Boshqa oʻrinlarda boʻlgani kabi, bu safar ham Yusuf alayhissalom nozik iboralarni ishlatib, hech kimning haqqiga nojoʻya gap aytmadilar. «Oʻgʻrining» yo «aybdorning oʻrniga» demasdan,
«narsamizni huzuridan topgan odamdan boshqani olib qolishimizdan Alloh saqlasin», deya marhamat qildilar. Chunki haqiqatda uka oʻgʻri ham, aybdor ham emas edi. Yusuf alayhissalom shunchalik eʼtibor bilan gapirdilarki, birorta ham haqiqatdan uzoq soʻz chiqmadi.