QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят80

فَلَمَّا ٱسْتَيْـَٔسُوا۟ مِنْهُ خَلَصُوا۟ نَجِيًّا ۖ قَالَ كَبِيرُهُمْ أَلَمْ تَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ أَبَاكُمْ قَدْ أَخَذَ عَلَيْكُم مَّوْثِقًا مِّنَ ٱللَّهِ وَمِن قَبْلُ مَا فَرَّطتُمْ فِى يُوسُفَ ۖ فَلَنْ أَبْرَحَ ٱلْأَرْضَ حَتَّىٰ يَأْذَنَ لِىٓ أَبِىٓ أَوْ يَحْكُمَ ٱللَّهُ لِى ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَـٰكِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Undan umidni uzgan chog`larida, chetga chiqib, xufyona maslahat qildilar. Kattalari: «Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi?! Men toki otam menga izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha bu yerdan qimirlamasman. U, hukm chiqaruvchilarning eng yaxshisidir.Ундан умидни узган чоғларида, четга чиқиб, хуфёна маслаҳат қилдилар. Катталари: «Отангиз сиздан Аллоҳ номи билан васийқа олганини ва бундан олдин Юсуф ҳақида қилган айбингизни билмайсизларми?! Мен токи отам менга изн бермагунча ёки Аллоҳ ҳукм чиқармагунча бу ердан қимирламасман. У, ҳукм чиқарувчиларнинг энг яхшисидир.Alauddin Mansour: Endi qachonki undan umidlari uzilgach, (ogʻa-inilar) bir chetga chiqib xufyona maslahatlashdilar. Ularning kattalari aytdi: «Otalaringiz sizlarning ustingizda Allohdan vasiqa (yaʼni, ahd-paymoningizni) olib qolganini unutdingizmi?! Ilgari Yusuf toʻgʻrisida ham shunday sustkashlik qilgan edinglar. Bas, to otam menga izn bermagunicha yoki Alloh mening foydamga hukm qilmagunicha (yaʼni, inimiz ozod boʻlmagunicha) mana shu yerdan hargiz jilmayman. U zot (Alloh) hukm qilguvchilarning yaxshirogʻidir».Энди қачонки ундан умидлари узилгач, (оға-инилар) бир четга чиқиб хуфёна маслаҳатлашдилар. Уларнинг катталари айтди: «Оталарингиз сизларнинг устингизда Аллоҳдан васиқа (яъни, аҳд-паймонингизни) олиб қолганини унутдингизми?! Илгари Юсуф тўғрисида ҳам шундай сусткашлик қилган эдинглар. Бас, то отам менга изн бермагунича ёки Аллоҳ менинг фойдамга ҳукм қилмагунича (яъни, инимиз озод бўлмагунича) мана шу ердан ҳаргиз жилмайман. У зот (Аллоҳ) ҳукм қилгувчиларнинг яхшироғидир».

245-sahifa · 13-juz · 25-hizb245-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиٱسْتَيْـَٔسُوا۟umidlarini uzdilarумидларини уздиларمِنْهُundanунданخَلَصُوا۟chetga chiqibчетга чиқибنَجِيًّۭا ۖxufyona maslahat qildilarхуфёна маслаҳат қилдиларقَالَdediдедиكَبِيرُهُمْkattalariкатталариأَلَمْemasmiэмасмиتَعْلَمُوٓا۟bildingizбилдингизأَنَّ-ki-киأَبَاكُمْotangizотангизقَدْbatahqiqбатаҳқиқأَخَذَolganолганعَلَيْكُمsizdanсизданمَّوْثِقًۭاvasiyqaвасийқаمِّنَ-dan (nomi bilan)-дан (номи билан)ٱللَّهِAllohАллоҳوَمِنva -danва -данقَبْلُbundan oldinбундан олдинمَاnimaнимаفَرَّطتُمْayb qilganingizniайб қилганингизниفِىhaqidaҳақидаيُوسُفَ ۖYusufЮсуфفَلَنْbas, hargiz emasбас, ҳаргиз эмасأَبْرَحَqimirlamasmanқимирламасманٱلْأَرْضَbu yerdanбу ерданحَتَّىٰtokiтокиيَأْذَنَizn bermagunchaизн бермагунчаلِىٓmengaменгаأَبِىٓotamотамأَوْyokiёкиيَحْكُمَhukm chiqarmagunchaҳукм чиқармагунчаٱللَّهُAllohАллоҳلِى ۖmen haqimdaмен ҳақимдаوَهُوَva Uва Уخَيْرُeng yaxshisiэнг яхшисиٱلْحَـٰكِمِينَhukm chiqaruvchilarҳукм чиқарувчилар
TafsirТафсир

Ogʻa-inilarning kattasi boʻlib oʻtgan voqeadan keyin masʼuliyatni his etdi. Otasi oldiga qaytib borishga jurʼat qila olmadi. Aka- ukalar xufyona maslahatlashib olishgach, u chetga chiqib, inilariga:

«Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi?!» dedi.

Yaʼni, bu ish birinchisi emas, avval ham Yusufni olib chiqib ketib, uningsiz qaytgan edingiz. Endi esa, otamizga Alloh nomi bilan qasam ichib vaʼda berganimizga qaramay, yana uning ukasini ham yoʻqotdik.

«Men, toki otam menga izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha, bu yerdan qimirlamasman.»

Yaʼni, otam aybimni kechib, huzuriga borishimga ruxsat bermaguncha yoki Alloh taoloning Oʻzi bu haqda biror hukm chiqarmaguncha Misrdan hech qayerga qimirlamayman. Otamga vaʼda bergan edik. U rozi boʻlib, oʻzi ruxsat bersa yoki Alloh bir hukm chiqarsa, yurtimizga qaytishim mumkin. Axir, Allohning hukmini bajarmay ilojim yoʻq, Chunki:

«U hukm chiqaruvchilarning eng yaxshisidir».

Sizlar, ey ukalarim, yurtimizga qaytib boringlar va otamizga boʻlib oʻtgan voqeani aytib beringlar, deb oyatda kelgan gaplarni oʻrgatdi. Ukalari borib uning oʻrgatganlarini otalariga aytdilar. Shunda: