QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят81

ٱرْجِعُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَبِيكُمْ فَقُولُوا۟ يَـٰٓأَبَانَآ إِنَّ ٱبْنَكَ سَرَقَ وَمَا شَهِدْنَآ إِلَّا بِمَا عَلِمْنَا وَمَا كُنَّا لِلْغَيْبِ حَـٰفِظِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Otangiz oldiga qaytinglar, bas, unga:«Ey otamiz, haqiqatda o`g`ling o`g`rilik qildi. Biz faqat o`zimiz bilgan narsaga guvohlik berdik, xolos. Biz g`aybni biluvchi emas edik.Отангиз олдига қайтинглар, бас, унга:«Эй отамиз, ҳақиқатда ўғлинг ўғрилик қилди. Биз фақат ўзимиз билган нарсага гувоҳлик бердик, холос. Биз ғайбни билувчи эмас эдик.Alauddin Mansour: «Sizlar otalaringiz oldiga qaytib, aytinglar: «Ey ota, darhaqiqat, oʻgʻling oʻgʻrilik qildi. Bizlar faqat koʻrgan-bilgan narsamizga guvohlik bermoqdamiz. (Oldin senga uni asrashni vaʼda qilganimizda) gʻaybni (yaʼni, kelajakda nima ishlar boʻlishini) bilmagan edik.«Сизлар оталарингиз олдига қайтиб, айтинглар: «Эй ота, дарҳақиқат, ўғлинг ўғрилик қилди. Бизлар фақат кўрган-билган нарсамизга гувоҳлик бермоқдамиз. (Олдин сенга уни асрашни ваъда қилганимизда) ғайбни (яъни, келажакда нима ишлар бўлишини) билмаган эдик.

245-sahifa · 13-juz · 25-hizb245-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱرْجِعُوٓا۟qaytinglarқайтингларإِلَىٰٓ-ga-гаأَبِيكُمْotangizотангизفَقُولُوا۟bas, aytinglarбас, айтингларيَـٰٓأَبَانَآey otamizэй отамизإِنَّalbattaалбаттаٱبْنَكَoʻgʻlingўғлингسَرَقَoʻgʻrilik qildiўғрилик қилдиوَمَاva emasва эмасشَهِدْنَآguvohlik berdikгувоҳлик бердикإِلَّاfaqatфақатبِمَاnarsagaнарсагаعَلِمْنَاbiz bilganбиз билганوَمَاva emasва эмасكُنَّاedikэдикلِلْغَيْبِgʻaybniғайбниحَـٰفِظِينَbiluvchi (saqlovchi)билувчи (сақловчи)
TafsirТафсир

Ogʻa-inilarning kattasi boʻlib oʻtgan voqeadan keyin masʼuliyatni his etdi. Otasi oldiga qaytib borishga jurʼat qila olmadi. Aka- ukalar xufyona maslahatlashib olishgach, u chetga chiqib, inilariga:

«Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi?!» dedi.

Yaʼni, bu ish birinchisi emas, avval ham Yusufni olib chiqib ketib, uningsiz qaytgan edingiz. Endi esa, otamizga Alloh nomi bilan qasam ichib vaʼda berganimizga qaramay, yana uning ukasini ham yoʻqotdik.

«Men, toki otam menga izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha, bu yerdan qimirlamasman.»

Yaʼni, otam aybimni kechib, huzuriga borishimga ruxsat bermaguncha yoki Alloh taoloning Oʻzi bu haqda biror hukm chiqarmaguncha Misrdan hech qayerga qimirlamayman. Otamga vaʼda bergan edik. U rozi boʻlib, oʻzi ruxsat bersa yoki Alloh bir hukm chiqarsa, yurtimizga qaytishim mumkin. Axir, Allohning hukmini bajarmay ilojim yoʻq, Chunki:

«U hukm chiqaruvchilarning eng yaxshisidir».

Sizlar, ey ukalarim, yurtimizga qaytib boringlar va otamizga boʻlib oʻtgan voqeani aytib beringlar, deb oyatda kelgan gaplarni oʻrgatdi. Ukalari borib uning oʻrgatganlarini otalariga aytdilar. Shunda: