QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят82

وَسْـَٔلِ ٱلْقَرْيَةَ ٱلَّتِى كُنَّا فِيهَا وَٱلْعِيرَ ٱلَّتِىٓ أَقْبَلْنَا فِيهَا ۖ وَإِنَّا لَصَـٰدِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz bo`lgan shahardan so`ra va u yerda biz uchragan karvondan so`ra, biz, albatta, rostgo`ylardanmiz, denglar», dedi.Биз бўлган шаҳардан сўра ва у ерда биз учраган карвондан сўра, биз, албатта, ростгўйларданмиз, денглар», деди.Alauddin Mansour: Biz boʻlib qaytgan shahardan va biz birga ketgan karvondan soʻrab-surishtirgin. Albatta, bizlar rost soʻzlaguvchilarmiz».Биз бўлиб қайтган шаҳардан ва биз бирга кетган карвондан сўраб-суриштиргин. Албатта, бизлар рост сўзлагувчилармиз».

245-sahifa · 13-juz · 25-hizb245-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَسْـَٔلِva soʻraва сўраٱلْقَرْيَةَshahardanшаҳарданٱلَّتِى...ki...киكُنَّاbiz boʻlganбиз бўлганفِيهَاundaундаوَٱلْعِيرَva karvondanва карвонданٱلَّتِىٓ...ki...киأَقْبَلْنَاbiz kelganбиз келганفِيهَا ۖundaундаوَإِنَّاva albatta, bizва албатта, бизلَصَـٰدِقُونَrostgoʻylardandirmizростгўйлардандирмиз
TafsirТафсир

Ogʻa-inilarning kattasi boʻlib oʻtgan voqeadan keyin masʼuliyatni his etdi. Otasi oldiga qaytib borishga jurʼat qila olmadi. Aka- ukalar xufyona maslahatlashib olishgach, u chetga chiqib, inilariga:

«Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi?!» dedi.

Yaʼni, bu ish birinchisi emas, avval ham Yusufni olib chiqib ketib, uningsiz qaytgan edingiz. Endi esa, otamizga Alloh nomi bilan qasam ichib vaʼda berganimizga qaramay, yana uning ukasini ham yoʻqotdik.

«Men, toki otam menga izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha, bu yerdan qimirlamasman.»

Yaʼni, otam aybimni kechib, huzuriga borishimga ruxsat bermaguncha yoki Alloh taoloning Oʻzi bu haqda biror hukm chiqarmaguncha Misrdan hech qayerga qimirlamayman. Otamga vaʼda bergan edik. U rozi boʻlib, oʻzi ruxsat bersa yoki Alloh bir hukm chiqarsa, yurtimizga qaytishim mumkin. Axir, Allohning hukmini bajarmay ilojim yoʻq, Chunki:

«U hukm chiqaruvchilarning eng yaxshisidir».

Sizlar, ey ukalarim, yurtimizga qaytib boringlar va otamizga boʻlib oʻtgan voqeani aytib beringlar, deb oyatda kelgan gaplarni oʻrgatdi. Ukalari borib uning oʻrgatganlarini otalariga aytdilar. Shunda: