QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят83

قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنفُسُكُمْ أَمْرًا ۖ فَصَبْرٌ جَمِيلٌ ۖ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَأْتِيَنِى بِهِمْ جَمِيعًا ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Yo`q, sizga havoyi nafsingiz bir ishni yaxshi ko`rsatmish. Bas, chiroyli sabr (qilaman). Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa. Albatta, Uning O`zi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi.У: «Йўқ, сизга ҳавойи нафсингиз бир ишни яхши кўрсатмиш. Бас, чиройли сабр (қиламан). Шоядки, Аллоҳ уларнинг ҳаммасини ҳузуримга жамлаб келтирса. Албатта, Унинг Ўзи билгувчи ва ҳикматли Зотдир», деди.Alauddin Mansour: (Ular Yaʼqub alayhissalomning oldilariga kelib shu soʻzlarni aytishgach), u dedi: «Yoʻq! Sizlarga havoyi-nafsingiz biron (yomon) ishni chiroyli qilib koʻrsatgan. Endi (mening ishim) chiroyli sabr qilmoqdir. Shoyadki, Alloh ularning (yaʼni, Yusuf, Binyamin va katta oʻgʻlimning) barchalarini bagʻrimga qaytarsa. Albatta, U zot bilim va hikmat Sohibidir».(Улар Яъқуб алайҳиссаломнинг олдиларига келиб шу сўзларни айтишгач), у деди: «Йўқ! Сизларга ҳавойи-нафсингиз бирон (ёмон) ишни чиройли қилиб кўрсатган. Энди (менинг ишим) чиройли сабр қилмоқдир. Шоядки, Аллоҳ уларнинг (яъни, Юсуф, Бинямин ва катта ўғлимнинг) барчаларини бағримга қайтарса. Албатта, У зот билим ва ҳикмат Соҳибидир».

245-sahifa · 13-juz · 25-hizb245-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиبَلْyoʻqйўқسَوَّلَتْyaxshi koʻrsatmishяхши кўрсатмишلَكُمْsizgaсизгаأَنفُسُكُمْhavoi nafsingizҳавои нафсингизأَمْرًۭا ۖbir ishniбир ишниفَصَبْرٌۭbas, sabrбас, сабрجَمِيلٌ ۖchiroyliчиройлиعَسَىshoyadkiшоядкиٱللَّهُAllohАллоҳأَن-ki-киيَأْتِيَنِىhuzurimga keltirsaҳузуримга келтирсаبِهِمْularniуларниجَمِيعًا ۚhammasiniҳаммасиниإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, УهُوَUning OʻziУнинг Ўзиٱلْعَلِيمُbilguvchiбилгувчиٱلْحَكِيمُhikmatliҳикматли
TafsirТафсир

Yaʼqub alayhissalom xuddi shu gapni Yusuf alayhissalomni yoʻqotgan kunlarida ham aytgan edilar. Endi, yillar oʻtib, kichik oʻgʻillarini yoʻqotgan kuni ham shu gapni takrorladilar, ketidan Alloh taoloning marhamatidan umid uzmaganlarini bildirib qoʻydilar.

«Shoyadki, Alloh ularning hammasini huzurimga jamlab keltirsa.»

Ham Yusufni, ham ukasini va katta oʻgʻlini, hammasini birga qaytarsa.

«Albatta, Uning Oʻzi biluvchi va hikmatli Zotdir.»

Hamma ishni bilib va hikmat-la qiladi. Yusuf va uning ukasining yoʻqolishida ham Allohning bir hikmati bordir.