وَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَـٰٓأَسَفَىٰ عَلَىٰ يُوسُفَ وَٱبْيَضَّتْ عَيْنَاهُ مِنَ ٱلْحُزْنِ فَهُوَ كَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ulardan yuz o`girdi hamda: «Oh, Yusuf!» deb ko`zlariga oq tushdi. Bas, u dardini yutuvchidir.Ва улардан юз ўгирди ҳамда: «Оҳ, Юсуф!» деб кўзларига оқ тушди. Бас, у дардини ютувчидир.Alauddin Mansour: Keyin ulardan yuz oʻgirib, dedi: «Ey bechora Yusuf-a!» Gʻam-alam yutaverib u zotning koʻzlari oqardi (ojiz boʻlib qoldi).Кейин улардан юз ўгириб, деди: «Эй бечора Юсуф-а!» Ғам-алам ютавериб у зотнинг кўзлари оқарди (ожиз бўлиб қолди).
Yaʼqub alayhissalom chiroyli sabr qildilar, musiybat sababchilari boʻlmish oʻgʻillariga osilmadilar. Ulardan yuz oʻgirib, gʻam-qaygʻuga tushdilar. Dardu alamni ichlariga yutdilar. Bu ishlar oʻz taʼsirini koʻrsatdi. U kishining koʻzlariga oq tushib, koʻrmaydigan boʻlib qoldilar.
Rashkchi farzandlar esa, shu yerda ham hiqdu hasadlarini yashira olmadilar. Otalarining Yusuf va uning kichik ukasi uchun firoq dardida yonayotganlarini koʻra olmay: