فَلَمَّا دَخَلُوا۟ عَلَيْهِ قَالُوا۟ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْعَزِيزُ مَسَّنَا وَأَهْلَنَا ٱلضُّرُّ وَجِئْنَا بِبِضَـٰعَةٍ مُّزْجَىٰةٍ فَأَوْفِ لَنَا ٱلْكَيْلَ وَتَصَدَّقْ عَلَيْنَآ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ يَجْزِى ٱلْمُتَصَدِّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning huzuriga kirganlarida: «Ey Aziz, bizni va ahlimizni zarar tutdi va arzimagan sarmoya keltirdik. Bas, bizga o`lchovni to`liq qilib ber va sadaqa ham ber. Alloh, albatta, sadaqa qiluvchilarni mukofotlaydir», dedilar.Унинг ҳузурига кирганларида: «Эй Азиз, бизни ва аҳлимизни зарар тутди ва арзимаган сармоя келтирдик. Бас, бизга ўлчовни тўлиқ қилиб бер ва садақа ҳам бер. Аллоҳ, албатта, садақа қилувчиларни мукофотлайдир», дедилар.Alauddin Mansour: (Ular otalaridan bu soʻzlarni eshitgach, oziq-ovqatga almashtirish uchun bor bisotlarini olishib, yana Misr tomonga ravona boʻlishdi). Endi qachonki (Misrga yetib kelib Yusufning) huzuriga kirishgach, dedilar: «Ey ulugʻ zot, bizni va ahli oilalarimizni ocharchilik ushladi. Bizlar bu safar huzuringga oʻtmas mollarni olib keldik. Bizlarga yetarli oʻlchovda (oziq-ovqat) bergin va bizlarga xayr-sadaqa qilgin. Alloh, shak-shubhasiz, (sendek) sadaqa berguvchi zotlarga mukofotlar ato etur».(Улар оталаридан бу сўзларни эшитгач, озиқ-овқатга алмаштириш учун бор бисотларини олишиб, яна Миср томонга равона бўлишди). Энди қачонки (Мисрга етиб келиб Юсуфнинг) ҳузурига киришгач, дедилар: «Эй улуғ зот, бизни ва аҳли оилаларимизни очарчилик ушлади. Бизлар бу сафар ҳузурингга ўтмас молларни олиб келдик. Бизларга етарли ўлчовда (озиқ-овқат) бергин ва бизларга хайр-садақа қилгин. Аллоҳ, шак-шубҳасиз, (сендек) садақа бергувчи зотларга мукофотлар ато этур».
Gaplaridan koʻrinib turibdiki, ularning ahvoli ogʻir. Avvalgidek bor narsalarini oziq-ovqatga almashtirishga imkonlari ham qolmagan. Olib kelgan mollari juda arzimas. U mollarga yarasha emas, balki koʻproq oziq olsalar ham, ehtiyojlari qonmaydi. Sadaqaga muhtojlar. Avvalgi gerdayishlaridan asar ham yoʻq. Yusuf alayhissalom oʻzlarini tanitish vaqti yetganini angladilar va akalariga qarab: