يَـٰبَنِىَّ ٱذْهَبُوا۟ فَتَحَسَّسُوا۟ مِن يُوسُفَ وَأَخِيهِ وَلَا تَا۟يْـَٔسُوا۟ مِن رَّوْحِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهُۥ لَا يَا۟يْـَٔسُ مِن رَّوْحِ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْكَـٰفِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey o`g`illarim, boringlar, Yusufni va uning ukasini yaxshilab izlanglar, Allohning rahmatidan noumid bo`lmanglar. Haqiqatan, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina noumid bo`lurlar», dedi.Эй ўғилларим, боринглар, Юсуфни ва унинг укасини яхшилаб изланглар, Аллоҳнинг раҳматидан ноумид бўлманглар. Ҳақиқатан, Аллоҳнинг раҳматидан фақат кофир қавмларгина ноумид бўлурлар», деди.Alauddin Mansour: «Ey oʻgʻillarim, boringlar, Yusuf va uning birodarini izlanglar va Allohning rahmatidan noumid boʻlmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid boʻlur».«Эй ўғилларим, боринглар, Юсуф ва унинг биродарини изланглар ва Аллоҳнинг раҳматидан ноумид бўлманглар. Зеро, Аллоҳнинг раҳматидан фақат кофир қавмгина ноумид бўлур».
Chunki, kofirlar Allohga ishonmaydilar, shuning uchun, ular ozgina musiybatdan ham darrov umidsiz holga tushib qoladilar. Moʻmin kishi esa, gʻam-gʻussaga koʻmilib qolgan paytida ham umidini uzmaydi. Chunki, u hamma narsaga qudrati yetadigan Allohga ishonadi va har lahzada Alloh taolo uni gʻam-gʻussadan qutqarib olishidan umid qilib turadi. Uni hech narsa noumid qila olmaydi.
Otalaridan bu gaplarni eshitgan oʻgʻillar yoʻlga chiqdilar. Uchinchi bor Misrga keldilar. Uchinchi bor Yusuf alayhissalomga uchradilar.