قَالُوٓا۟ أَءِنَّكَ لَأَنتَ يُوسُفُ ۖ قَالَ أَنَا۠ يُوسُفُ وَهَـٰذَآ أَخِى ۖ قَدْ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَآ ۖ إِنَّهُۥ مَن يَتَّقِ وَيَصْبِرْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «E-e, hali sen Yusufmisan?!» – dedilar. U: «Men Yusufman, mana bu inim. Alloh bizga marhamat ko`rsatdi. Haqiqatan, kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, go`zal ish qiluvchilarning ajrini zoye qilmagay», dedi.Улар: «Э-э, ҳали сен Юсуфмисан?!» – дедилар. У: «Мен Юсуфман, мана бу иним. Аллоҳ бизга марҳамат кўрсатди. Ҳақиқатан, ким тақво ва сабр қилса, Аллоҳ, албатта, гўзал иш қилувчиларнинг ажрини зое қилмагай», деди.Alauddin Mansour: Ular: «Sen Yusufmisan?», deb soʻradilar. «Ha, men Yusufman, bu esa birodarimdir. Alloh bizga marhamat koʻrguzdi (yaʼni, shuncha yillik ayriliq azobidan keyin bizni yana birlashtirdi). Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan qoʻrqib, sabru qanoat qilsa, albatta Alloh bunday chiroyli amallarni qilguvchi kishilarning ajru mukofotini zoye qilmas», dedi u.Улар: «Сен Юсуфмисан?», деб сўрадилар. «Ҳа, мен Юсуфман, бу эса биродаримдир. Аллоҳ бизга марҳамат кўргузди (яъни, шунча йиллик айрилиқ азобидан кейин бизни яна бирлаштирди). Дарҳақиқат, кимда-ким Аллоҳдан қўрқиб, сабру қаноат қилса, албатта Аллоҳ бундай чиройли амалларни қилгувчи кишиларнинг ажру мукофотини зое қилмас», деди у.
Yusufning akalari shoshib qoldilar. Chunki, ular bilan anchadan beri muomala qilayotgan Misr bosh vaziri bir vaqtlar oʻzlari hasad orqasida quduqqa tashlab yuborgan ukalari Yusuf boʻlib chiqishini hech kutmagan edilar.
«Ular: «E-e, hali sen Yusufmisan?!» – dedilar.»
Ular koʻzlariga ham, quloqlariga ham ishonmay, yana bir bor tasdiqlab olmoqchi boʻldilar. Shunda Yusuf alayhissalom:
«Men Yusufman, mana bu inim. Alloh bizga marhamat koʻrsatdi», dedilar.
Uzoq ayriliqdan soʻng bizni uchrashtirdi. Holimizga rahim qildi. Obroʻ-eʼtibor berdi. Buning ajablanarli joyi yoʻq. Chunki:
«Haqiqatan, kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, goʻzal ish qiluvchilarning ajrini zoye qilmagay».
Biz ham qoʻlimizdan kelguncha taqvo va sabr qildik, oqibatda shu darajaga erishdik, dedilar.