ٱذْهَبُوا۟ بِقَمِيصِى هَـٰذَا فَأَلْقُوهُ عَلَىٰ وَجْهِ أَبِى يَأْتِ بَصِيرًا وَأْتُونِى بِأَهْلِكُمْ أَجْمَعِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Mening mana bu ko`ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, ko`zi ochilur. So`ngra, ahlingiz ila jam bo`lib huzurimga kelinglar».«Менинг мана бу кўйлагимни олиб бориб, отамнинг юзига ташлангиз, кўзи очилур. Сўнгра, аҳлингиз ила жам бўлиб ҳузуримга келинглар».Alauddin Mansour: «Sizlar mana bu koʻylagimni olib borib, otamning yuziga tashlasangiz, uning koʻzlari ochilur. Soʻng barcha ahli oilalaringiz bilan birga mening oldimga kelinglar».«Сизлар мана бу кўйлагимни олиб бориб, отамнинг юзига ташласангиз, унинг кўзлари очилур. Сўнг барча аҳли оилаларингиз билан бирга менинг олдимга келинглар».
Yusuf alayhissalom akalari ila gaplashib koʻp narsalarni, jumladan, otalari Yaʼqub alayhissalomning farzand firogʻida yigʻlab koʻzlari ojiz boʻlib qolganini ham bilgan edilar. Shuning uchun, akalariga oʻzlarining bir dona koʻylaklarini berib:
«Mening mana bu koʻylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, koʻzi ochilur», dedilar.
Yusuf alayhisalomning bu gaplaridan ajablanishga hech hojat yoʻq. Avvalo, Yaʼqub alayhissalom ham, Yusuf alayhissalom ham Allohning Paygʻambarlari, oralarida moʻʼjiza boʻlib, bir koʻylak sababli dardga shifo yetishi ajablanarli ish emas. Ikkinchidan, tajriba koʻrsatadiki, farzand dogʻida xastalikka chalingan mushfiq ota-onalar farzandlarini koʻrganlarida yoki xabarlarini eshitganlarida Alloh taolodan darhol ularga shifo yetgan.
Uchinchidan, ilmiy bahslar bu ish haqiqat ekanini, kiyimda qolgan hid habib insonning dardiga davo boʻlishini tasdiqladi.
«Soʻngra, ahlingiz ila jam boʻlib huzurimga kelinglar.»
Yaʼni, otamning koʻzlari ochilgandan keyin, hammangiz ahli ayolingiz bilan birgalashib mening huzurimga, Misrga kelinglar, dedilar.
Akalar Yusuf alayhissalomning iltimoslarini bajo qilishga kirishdilar.