وَلَمَّا فَصَلَتِ ٱلْعِيرُ قَالَ أَبُوهُمْ إِنِّى لَأَجِدُ رِيحَ يُوسُفَ ۖ لَوْلَآ أَن تُفَنِّدُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Karvon yo`lga chiqqan vaqtda otalari: «Meni aqldan ozgan demanglar-u, albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman», dedi.Карвон йўлга чиққан вақтда оталари: «Мени ақлдан озган деманглар-у, албатта, мен Юсуфнинг ҳидини сезмоқдаман», деди.Alauddin Mansour: Karvon (Misrdan) chiqishi bilanoq otalari (Yaʼqub alayhissalom oʻz uylarida turib, huzuridagi kishilarga): «Men Yusufning boʻyini tuymoqdaman. Agar meni aqldan ozgan demasangizlar (Yusuf tirik, degan boʻlur edim)», dedi.Карвон (Мисрдан) чиқиши биланоқ оталари (Яъқуб алайҳиссалом ўз уйларида туриб, ҳузуридаги кишиларга): «Мен Юсуфнинг бўйини туймоқдаман. Агар мени ақлдан озган демасангизлар (Юсуф тирик, деган бўлур эдим)», деди.
Yaʼni, Yusufning koʻylagini olgan karvon yoʻlga chiqib, Misrdan joʻnab ketgan vaqtda Yaʼqub alayhissalom huzuridagilarga: «Meni aqldan ozgan demanglar-u, albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman», dedi». Yusuf alayhissalomning hidi Yaʼqub alayhissalomga qanday yetib borganini Allohning Oʻzi biladi. Lekin u kishining gaplariga oldilarida turganlar ishonmadilar.