فَلَمَّآ أَن جَآءَ ٱلْبَشِيرُ أَلْقَىٰهُ عَلَىٰ وَجْهِهِۦ فَٱرْتَدَّ بَصِيرًا ۖ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّىٓ أَعْلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xushxabarchi kelgan chog`ida, u(ko`ylak)ni uning yuziga tashlaganida, yana ko`radigan bo`ldi. U: «Sizlarga men Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman, demaganmidim?!» – dedi.Хушхабарчи келган чоғида, у(кўйлак)ни унинг юзига ташлаганида, яна кўрадиган бўлди. У: «Сизларга мен Аллоҳдан сизлар билмайдиган нарсани биламан, демаганмидим?!» – деди.Alauddin Mansour: Endi qachonki xushxabarchi kelib, uni (yaʼni, Yusufning koʻylagini Yaʼqubning) yuziga tashlagach, uning koʻzlari ochildi. «Sizlarga men Allohning (mehribon, rahmli ekanligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman, demaganmidim», dedi u.Энди қачонки хушхабарчи келиб, уни (яъни, Юсуфнинг кўйлагини Яъқубнинг) юзига ташлагач, унинг кўзлари очилди. «Сизларга мен Аллоҳнинг (меҳрибон, раҳмли эканлиги ҳақида) сизлар билмайдиган нарсаларни билурман, демаганмидим», деди у.
Ushbu oyati karimaning siyoqidan karvondagi oʻgʻillardan oldin ularning xushxabarchisi Yaʼqub alayhissalomning oldilariga yetib kelgan. Biror kishini yuborib «Sen oldinroq borib otamizga xushxabarni yetkaz, bu koʻylakni ber, koʻzlari ochilsa, ajab ermas», degan boʻlsalar kerak.
«Xushxabarchi kelgan chogʻida, u(koʻylak)ni uning yuziga tashlaganida, yana koʻradigan boʻldi.»
Oʻgʻillar yuborgan xushxabarchi kelib, Yaʼqub alayhissalomning yuzlariga koʻylakni tashlagan edi, Yusuf alayhissalomning hidlari urgan koʻylak bahona, Allohning irodasi ila Yaʼqub alayhissalomning koʻzlari ochilib, qaytadan koʻradigan boʻldilar. Shunda oldilarida turganlarga:
«U: «Sizlarga men Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman, demaganmidim?!» – dedi».
Siz boʻlsangiz, meni masxara qilib kuldingiz. Sen eski adashuvingdasan, dedingiz.
Shu yerga kelganda oʻgʻillar oʻz xatolarini toʻla tan oldilar.