الٓمٓر ۚ تِلْكَ ءَايَـٰتُ ٱلْكِتَـٰبِ ۗ وَٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ٱلْحَقُّ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alif. Laam. Miym. Ro. Ushbular kitobning oyatlaridir. Va senga Robbingdan nozil qilingan narsa haqdir. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar.Алиф. Лаам. Мийм. Ро. Ушбулар китобнинг оятларидир. Ва сенга Роббингдан нозил қилинган нарса ҳақдир. Лекин одамларнинг кўплари иймон келтирмаслар.Alauddin Mansour: Alif, Lom, Mim, Ro. Ushbu (oyatlar) Kitob (Qurʼon) oyatlaridir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga nozil qilingan bu narsa (yaʼni, Qurʼon ayni) haqiqatdir, lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaydilar.Алиф, Лом, Мим, Ро. Ушбу (оятлар) Китоб (Қуръон) оятларидир. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизга нозил қилинган бу нарса (яъни, Қуръон айни) ҳақиқатдир, лекин одамларнинг кўплари иймон келтирмайдилар.
Suraning avvalida keladigan alif, lom, miym, ro kabi muqattaot harflar haqida boshqa suralarda toʻxtab oʻtildi.
«Ushbular kitobning oyatlaridir.»
Yaʼni, suradagi mazkur harflardan tuzilgan oyatlar Allohning kitobi Qurʼonning oyatlaridir. Demak, ular Allohdan kelgan vahiydan boshqa narsa emasdir.
«Va senga Robbingdan nozil qilingan narsa haqdir.»
Yaʼni, Qurʼoni Karim haqdir. U ayni haqiqatdir, hech qanday botil aralashmagandir. Unda hech qanday shak-shubha ham yoʻqdir.
«Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaslar.»
Ular Qurʼoning Allohdan yuborilgan vahiy ekanligiga, hukmlariga ishonmaydilar–iymon keltirmaydilar. Ammo tanalariga oʻylab, tafakkur qilib koʻrsalar, yaxshi boʻlardi: