QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят2

ٱللَّهُ ٱلَّذِى رَفَعَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا ۖ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ كُلٌّ يَجْرِى لِأَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ يُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لَعَلَّكُم بِلِقَآءِ رَبِّكُمْ تُوقِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh siz ko`rib turgan osmonni ustunsiz ko`targan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) arshga yuksalgan, quyosh va oyni O`ziga bo`ysundirgan Zotdir. Har biri nomlangan ajalgacha yuradir. U ishning tadbirini qiladir, oyatlarni mufassal etadir. Shoyadki, Robbingizga muloqot bo`lishga ishonch hosil qilsangiz.Аллоҳ сиз кўриб турган осмонни устунсиз кўтарган, сўнгра (Зоти ва улуғлигига муносиб суратда) аршга юксалган, қуёш ва ойни Ўзига бўйсундирган Зотдир. Ҳар бири номланган ажалгача юрадир. У ишнинг тадбирини қиладир, оятларни муфассал этадир. Шоядки, Роббингизга мулоқот бўлишга ишонч ҳосил қилсангиз.Alauddin Mansour: Alloh osmonlarni sizlar koʻrgudek ustunlarsiz koʻtarib qoʻygan, soʻngra (Zoti va Ulugʻligiga loyiq tarzda) Arshga yuksalib, quyosh va oyni (Oʻz amriga) boʻysundirgan Zotdir. Ularning har biri muayyan muddatgacha (yaʼni, Qiyomat qoyim boʻlgunicha) sayr qilaverar. (Alloh) barcha ishning tadbirini qilur va sizlar (Qiyomat Kunida unga) Parvardigoringizga roʻbaroʻ boʻlishga iymon keltirishingiz uchun Oʻz oyatlarini mufassal bayon qilur.Аллоҳ осмонларни сизлар кўргудек устунларсиз кўтариб қўйган, сўнгра (Зоти ва Улуғлигига лойиқ тарзда) Аршга юксалиб, қуёш ва ойни (Ўз амрига) бўйсундирган Зотдир. Уларнинг ҳар бири муайян муддатгача (яъни, Қиёмат қойим бўлгунича) сайр қилаверар. (Аллоҳ) барча ишнинг тадбирини қилур ва сизлар (Қиёмат Кунида унга) Парвардигорингизга рўбарў бўлишга иймон келтиришингиз учун Ўз оятларини муфассал баён қилур.

249-sahifa · 13-juz · 25-hizb249-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِىoʻsha zotdirўша зотдирرَفَعَkoʻtarganкўтарганٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниبِغَيْرِ-siz-сизعَمَدٍۢustunустунتَرَوْنَهَا ۖsiz koʻrib turganсиз кўриб турганثُمَّsoʻngraсўнграٱسْتَوَىٰega boʻlganэга бўлганعَلَىustigaустигаٱلْعَرْشِ ۖarshаршوَسَخَّرَva boʻyinsundirganва бўйинсундирганٱلشَّمْسَquyoshniқуёшниوَٱلْقَمَرَ ۖva oyniва ойниكُلٌّۭhar biriҳар бириيَجْرِىyuradirюрадирلِأَجَلٍۢajalgachaажалгачаمُّسَمًّۭى ۚnomlanganномланганيُدَبِّرُtadbirini qiladirтадбирини қиладирٱلْأَمْرَishningишнингيُفَصِّلُmufassal etadirмуфассал этадирٱلْـَٔايَـٰتِoyatlarniоятларниلَعَلَّكُمshoyadki sizlarшоядки сизларبِلِقَآءِmuloqot boʻlishgaмулоқот бўлишгаرَبِّكُمْRobbingizgaРоббингизгаتُوقِنُونَishonch hosil qilsangizишонч ҳосил қилсангиз
TafsirТафсир

Alloh Oʻz Paygʻambariga haq kitob yuborishiga iymon keltirmayotgan ey odamlar, koʻzingizni oching, siz qudratiga ishonmayotgan oʻsha zot, yaʼni:

«Alloh siz koʻrib turgan osmonni ustunsiz koʻtargan» zotdir.

Osmonni doim koʻrib turasiz. Uning bepoyonligini ham bilasiz. Uning shunday holatni olishiga oʻzingiz yoki siz ishongan boshqa birortasi sababchi boʻlmaganini, Allohdan oʻzganing qudrati yetmasligini ham bilasiz. Sizni hayratga soluvchi ana oʻsha osmonni ustunsiz koʻtarib qoʻygan zot Allohdir. Shunday ulkan ishni qilishga qodir boʻlgan zot sevikli bandasiga haq kitobni yubora olmasmidi?! Xuddi oʻsha Alloh,

«soʻngra arshni egallagan», zotdir.

Arsh eng oliy maqomdir. Unga faqat Allohning Oʻzigina egalik qiladi. Ana shunday oliy maqom sohibi boʻlgan Alloh taolo Paygʻambariga haq kitobni nozil qila olmasmidi?! Yana U

«quyosh va oyni oʻziga boʻysundirgan Zotdir».

Quyoshni kunduzlari, oyni esa, kechalari koʻrib turasiz. Ular hayot uchun qanchalik ahamiyatli ekanini bilasiz. Shu bilan birga, bu ikkisini na siz va na sizdan boshqalar yaratmaganini, amriga boʻysundira olmasligini ham yaxshi bilasiz. Ana oʻsha quyosh va oyni yaratgan, borliqqa joylashtirgan va amriga boʻysundirgan yagona zot Allohdir. Shunday ishga qodir Zot Oʻz Paygʻambariga haq kitobni vahiy orqali yubora olmasmidi?!

«Har biri nomlangan ajalgacha yuradir.»

Quyosh ham, oy ham maʼlum muddatgacha oʻziga belgilangan hududda yuradi. Alloh chizgan chiziqdan chiqa olmaydi. Chunki, salgina boshqa tomonga ogʻsalar, dunyo buzilishi mumkin. Shu ishni joriy etgan Alloh Oʻz Paygʻambariga haq kitobni yubora olmasmidi?!

«U ishning tadbirini qiladir...»

U–Alloh dunyodagi barcha ishning tadbirini qiladi. Ha, jumlai olamda nima hodisa roʻy bersa, hammasi Allohning tadbiri bilandir, jumladan, yuqorida zikr qilingan ishlar ham. Ana shunday ishlarga qodir Alloh Oʻz Paygʻambariga haq kitobni yubora olmasmidi?!

Alloh barcha ishning tadbirini qilish bilan birga:

«...oyatlarni mufassal etadir».

Ana oʻsha oyatlarni koʻrgan paytda eslab, ibrat olib:

«Shoyadki, Robbingizga muloqot boʻlishga ishonch hosil qilsangiz».

Chunki, oyatlar muloqot boʻlishi zarurat va shubhasiz ekanligiga ishora qilmoqda. Ana oʻsha Robbingizga muloqot boʻlganingizda, yaʼni, qiyomatda qayta tirilganingizda iymondan, jumladan, Allohning haq kitobiga boʻlgan iymondan ham soʻralasiz.

Keyingi oyatlarda ham Allohning qudratiga dalolatlar keltiriladi: